Uncategorized
Uncategorized
|
26/02/2018
Chop etish
ARM yangiliklari

ARM yangiliklari

          Joriy yilning 22 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat  fakulteti, Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi  xodimlari va  institut axborot- resurs markazi hamkorligida “Mening  sevimli o’nta kitobim” nomli ma’naviy- ma’rifiy tanlovga qo’yilgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” asarini o’rganishga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda Jismoniy madaniyat fakulteti  professor-o’qituvchi va talabalari, Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi   xodimlari, institut axborot- resurs markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.

Tadbirni  Viloyat ma’naviyat-targ’ibot  markazi rahbari Sh. Turatov   kirish so’zi bilan ochib:  “Hamisha o’z va’dasida turadigan, hamma ishni reja bilan puxta o’ylab, joy- joyiga qo’yadigan, mehnatkash Andijon xalqiga teng  keladigan xalq  o’zi kamdan – kam topiladi” degan so’zlarini alohida ta’kidladi.

So’ngra,  Jismoniy madaniyat fakulteti  ma’naviyat ishlari dekan o’rinbosari B.Qo’shmurodov so’zga chiqib, Prezidentimizning Jizzax viloyati  saylovchilari bilan uchrashuvdagi nutqida “Shunday o’lka doim bor bo’lsin!” degan  so’zlarini alohida  ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng, Jismoniy  madaniyat fakulteti 3-kurs talabalari  B. Boboqulov,  Ergashev Sanjar, Jo’ltoyev  Azamat,  Abduolimov Akmal va 2-kurs talabalari Qo’chqorova Nigora, Qodirova Shoxsanam,  Anorboyev Jasurjonlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” asari  to’g’risida o’z fikrlarini bildirdilar.

Tadbirda axborot–resurs markazi xodimlari tomonidan Prezidentning Oliy majlis Parlamentiga murojaatnomasiga doir videolavxa namoyish etildi.

Tadbirda JDPI  ARM xodimlari tomonidan tayyorlangan “Mening sevimli o’nta kitobim”, “Prezident asarlarini o’rganamiz”, “Yangi adabiyotlar  siz uchun”, kitob ko’rgazmalari tashkil etildi. Mazkur ko’rgazmaga qo’yilgan adabiyotlarni ARM  yetakchi mutaxassisi S.Isroilova  qisqacha sharhlab  berdi. Tadbir  ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi.

Tadbirni axborot – resurs markazi direktor o’rinbosari  G.Shaysakova yakunlab, ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.  Mazkur tadbirda jami 66  nafar ishtirokchi qatnashdi.


Ulashish:
1 646
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.