ANATOMIYA DARSLARIDA LOKAL PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Umirov Nurulla Usanovich, Usanov Ulug‘bek Nurulla o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari
Amanbayeva Matluba Qobil qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi
Annotatsiya. Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, ta‘lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. Mazkur maqolada anatomiya darslarida lokal pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida so’z boradi.
Kalit so‘zlar. “Keys”, “Insert”, “Klaster”, “Charxpalak“, Aqliy hujum”, Venn diagrammasi, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag’i”, tezkor o‘yinlar, o‘yin mashqlari.
Abstract. Pedagogical technologies at the local level activate the cognitive activity of students in a certain part of the lesson and serve to increase the effectiveness of education. This article talks about the importance of using local pedagogical technologies in anatomy classes.
Keywords. «Case», «Insert», «Cluster», «Shockboard», Brainstorming, Venn diagram, «Working in small groups», «Term chain», «Term sheet», quick games, game exercises.
Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malaka darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Biologiyani o‘rganishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun darsning o‘quvchilarning o‘tgan mavzu yuzasidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, ularni tizimlashtirish yangi mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarn nazorat qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni o‘rganish jarayonida lokal texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Anatomiya dars mashg‘ulotlari nazariy va amaliy turlarga bo‘linadi. O‘qvchilar nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini o‘qituvchi tomonidan nazorat qilish hamda ularni baholash talab etiladi.
Ta‘lim jarayonida foydalaniladigan lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar deyilganda darsning muayyan bir qismida uy vazifasini so‘rash, yangi o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida foydalaniladigan texnologiyalar tushuniladi. Ular jumlasiga “Keys”, “Insert”, “Klaster”, “Charxpalak“, Aqliy hujum”, Venn diagrammasi, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag’i”, tezkor o‘yinlar, o‘yin mashqlarining turli shakllari va h.k kiradi.
Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni o‘rganish nazarda tutilgan mavzularda insertdan foydalanish tavsiya etiladi. Insert-lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialidagi asosiy g‘oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
O‘quvchilarni insert yordamida ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o’rganiladigan o’quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. O‘quvchilar har bir abzatsni o‘rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. Agar abzatsda berilgan ma‘lumot shu kungacha o‘zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, “Bilaman”-V, agar ma‘lumotlar tushunarli va yangi bo‘lsa, u holda “Ma‘qullayman”+, agar ma‘lumotlar o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda “o‘rganish lozim”-, o‘quvchilar o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda “Tushunmadim”- ? belgisini qo‘yadi.
Dars jarayonida insertdan foydalanishning afzallik tomoni shundaki, avval kichik guruh a’zolari o‘rtasida, so‘ng kichik guruhlar bilan o‘zaro o‘quv bahsi o‘tkazilishi, bahsda o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish, bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan o‘qituvchi tomonidan berilgan axborot ta‘lim samaradorligiga xizmat qiladi. Ushbu lokal texnologiya o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan va o‘zlashtiradigan g’oya, qonuniyat va tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishni anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib, tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.
Anatomiya darslarida lokal darajada qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalardan biri Venn diagrammasi bo’lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Djonn Venn nomi bilan yuritiladi. Venn diagrammaisi o’rganilayotgan mavzuning tushuncha va jarayonlarni tahlil qilish va taqqoslashni talab etadi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi ularda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Dars jarayonida o’quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam o’zlashtirishga zamin tayyorlash muhim o’rin tutadi, shu sababli har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni “Atamalar zanjiri” tizimiga keltirishi kerak.
“Atamalar zanjiri” bu atamalar va ularning ta’riflari bo’lib, ulardan o’qituvchi o’tgan mavzuni yakunlash, yangi o’rganilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanganligi sababli, lokal texnologiyalari guruhiga kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur texnologiyadan ta’lim tarbiya jarayonida foydalanishga bir necha usulda yondashish mumkin: o’quvchilar kichik guruhga ajratilib, guruh a’zolaridan kichik konsul’tant tayyorlanadi. Kichik konsultant unga berilgan topshiriqdagi atamalar asosida guruhning a’zolarini kartochka vositasida baholaydi. Bunda o’quvchilar aytilgan atamalarning izohini aytishni yo’ki izohga qarab atamani aniqlashi mumkin. Har bir to’g’ri javob uchun kartochka berilganligi sababli, kartochkalar soni ularning to’plagan balini belgilaydi. “Atamalar zanjiri”dan o’tgan mavzuni yakunlash qismida foydalanilganda o’quvchilarning kichik guruh a’zolaridan og’zaki holda mazmuni va mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’liq holda yangi atama qo’shishi talab etiladi. Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan boshlagan o’yin yakunida guruh a’zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda mazkur atamalarga ta’rif berish va ularni izohlash talab etiladi.
Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, ta’lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan ko‘nikma va malakalarni egallagandan so‘ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o‘tkazishi, ya‘ni xususiy metodik darajada qo‘llashi mumkin.
“Charxpalak” texnologiyasi o’quvchilarni o’tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil fikrlab,berilgan savollarga mustaqil ravishda javob berishga va o’z-o’zini baholashga o’rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilarning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi. O‘quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarini o‘zlari baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko‘p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o‘rgatish.
Texnologiya o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda, o‘tilgan mavzularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu texnolgiyani mashg‘ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.
Mashg‘ulоtda fоydalaniladigan vоsitalar: tarqatma matеriallar, rangli qalam (yoki flоmastеr)lar.
Izоh: rеja bo‘yicha bеlgilangan mavzu asоsida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tеkshirish, mustahkamlash, bahоlash)ga mоs tayyorlangan tarqatma matеriallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bo‘lsa, u hоlda guruhlar sоniga qarab tarqatma matеriallar tayyorlanadi).
Mashg‘ulоtni o‘tkazish tartibi:
– O‘quvchilarni (sharоitga qarab) guruhlarga ajratish:
– O`quvchi mashg`ulоtni o`tkazishga quyilgan talablar va qоidalar bilan tanishtirish;
– Tarqatma matеriallarni guruhlariga tarqatish.
– Guruh a’zоlari tоmоnidan yakka hоlda mustaqil ravishda tarqatma matеriallardagi vazifalar bajariladi:
– Har bir guruh a’zоsi o‘zi ishlagan tarqatma matеrialining o`ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o‘zining birоn-bir bеlgisini chizib qo‘yadi;
– Vazifa bajarilgan tarqatma matеriallar bоshqa guruhlarga “charhpalak aylanmasi” yo‘nalishida almashtiriladi;
– Yangi guruh a’zоlari tоmоnidan bеrilgan matеriallar o‘rganiladi va o‘zgarishlar kiritiladi;
– Jamоalar tоmоnidan o‘rganilgan va o‘zgartirishlar kiritilgan matеriallar yana yuqоrida eslatilgan yo‘nalish bo‘yicha guruhlararо almashtiriladi(ushbu jarayon guruhlar sоniga qarab davоm ettiriladi);
– Matеriallarni оxirgi almashishdan so‘ng har bir guruh va har bir guruh a’zоsi o‘zlari ilk bоr to‘ldirgan matеriallarini (guruh raqami va o‘zlari qo‘ygan bеlgilari asоsida) tanlab оladilar;
– Har bir guruh a’zоsining o`zlari bеlgilangan javоblariga bоshqa guruh a’zоlarining tuzatishlarini taqqоslaydilar va tahlil qiladilar;
– O‘qituvchining tarqatma matеrialda bеrilgan vazifalarini o‘qiydi va jamоa bilan birgalikda to‘g‘ri javоblarni bеlgilaydi;
– Har bir o‘quvchi to‘g‘ri javоb bilan bеlgilangan javоblar farqlarini aniqlaydilar, kеrakli ballni to‘playdilar va o‘z-o‘zini bahоlaydi
Izоh: tarqatma matеrialda o`quvchilar bеlgilagan to`g`ri javоblar bilan o`qituvchi hamkоrligida aniqlangan to`g`ri javоblarning farqi 55 fоizdan yuqоri bo`lsa, o`quvchi ushbu o`quv matеrialini o`zlashtirgan, undan kam bo`lsa o`zlashtira оlmaganligini bildiradi. Masalan, vazifalar sоni 30 ta bo`lib, javоblarning 17-20 tasi to`g`ri bеlgilangan bo`lsa, o`quvchi ushbu vazifani bajargan va o`quv matеrialini o`zlashtira оlgan, undan kam bo`lsa o`zlashtira оlmagan hisоblanad. Shu bilan birga, javоblarning 21-24 tasi to`g`ri bеlgilangan bo`lsa o`quvchi matеriallarni o`zlashtirgan darajasi “yahshi” bahоga, 25-30 tasi to`g`ri bo`lsa “a’lо” bahоga o`zlashtirgan dеb hisоblanadi.
– O‘quvchilar o‘z bahоlari yoki ballarini bеlgilab оlishgach, o`qituvchi vazifa bajarilgan qоg‘оzlarni yig`ib оladi va bahо (ballar) ni guruh jurnaligan ko‘chirib qo‘yadi.
Anatomiya darslari nazariy, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlardan iborat bo’lib, butun dars davomida o’tgan mavzuni so’rab baholash, yangi mavzuni tushunturush va mustahkamlash uchun lokal pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi chunki lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, ta‘lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.J.O. Tolipova. Biologiyani o`qitishda pedagogik texnologiyalar. Cho`lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T.2011.
2.Allonova G.Sh., “INFORMATIKA DARSLARIDA LOKAL DARAJADAGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH”, INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 2022.
3.Махеев В.И. моделирования и методы теории измерений в педагогике.-М.: Высшая школа, 1987.-200с
4.R.Jo’rayev va boshqalar “Zamonaviy informatsion va pedagogik texnologiyalar asosida tabiiy fanlari o’qitish maqolalar Toshkent-Xalq ta’limi 2009 yil.
5.Tan Jeyson «Ta’lim instituti» Singapur 2018 y, 3,5
6.Shaxmurova G.,Tog‘aeva G. “Biologiya fanini o‘qitish metodikasi” moduli bo‘yicha o‘quv –uslubiy ma