Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

AMALIY TOPSHIRIQLARNI BAJARISHGA MO‘LJALLANGAN MOBIL TEXNOLOGIYALARIGA ASOSLANGAN  O‘QITISH METODLARI

Xaitova N. F. JDPU JDPU, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu ishda auditoriya sharoitida amaliy topshiriqlarni bajarishda  foydalaniladigan mobil texnologiyalarga asoslangan o‘qitish metodlarining maqsadi, foydalanish shartlari, o‘qituvchi va ta’lim oluvchi faoliyati, kutiladigan natija va unga erishish mezonlari haqida fikr yuritiladi Kalit so‘zlar: o‘qitish metodlari, mobil ta’lim,  mobil texnologiyalar, mobil ta’lim metodlari. Annotatsiya: V dannoy rabote obsujdaetsya seli, usloviya ispolzovaniya, deyatelnost uchiteley i obuchaemыx, ojidaemыe rezultatы i kriterii ix dostijeniya metodov obucheniya osnovannыx na mobilnыx texnologiyax ispolzuemыx pri vыpolnenii prakticheskix zadaniy. Klyuchevыe slova: metodы obucheniya, mobilnoe obuchenie, mobilnыe texnologii, mobilnыe metodы obucheniya. Abstract: This work discusses the goals, conditions of use, the activities of teachers and students, the expected results and the criteria for their achievement of teaching methods based on mobile technologies used in the implementation of practical tasks. Keywords: teaching methods, mobile training, mobile technologies, mobile teaching methods.  Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, mobil va bulutli texnologiyalar ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro ta’sirlashuvni  tashkil etish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Mobil texnologiyalar global tarmoqqa kirishni ta’minlovchi mobil (ko‘chma) qurilmalar va simsiz aloqa vositalaridan foydalanishga asoslangan texnologiyadir [4, 5]. Mobil texnologiyalar  oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish metodlariga ta’sir ko‘rsatadi, chunki ular talabaning harakat mehanizmini maqsad sari yo‘naltirib  o‘qituvchi va talaba faoliyatini tashkil etish uchun  yangi vositalarni  taqdim etadi . Texnologik asosi qandaydir mobil texnologiya asoslangan aniq didaktik masalani yechish metodini  mobil ta’lim sifatida qaraymiz. Shu ma’noda mobil ta’lim masofaviy ta’lim bilan bir qatorda elektron ta’limning bir turi hisoblanadi [1].  Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan mobil ta’lim talabalarga mobil texnologiyalar va qurilmalar yordamida maxsus tashkil etilgan o‘quv materiallarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
  1. A. Kuklevning fikriga ko‘ra, mobil ta’limning yetakchi didaktik imkoniyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: zamonaviy ta’lim uchun zarur bo‘lgan yangi kotsepsiyalarni amalga oshirish imkoniyati; topshiriqlarni o‘rganish va bajarishda talabalar faolligini oshirish uchun an’anaviy ta’lim bilan bir qatorda olib borish mumkinligi; masofaviy repetitorlik (bilimlarni faol egallash, iste’dod va qobiliyatlarni qo‘llab-quvvatlash); yangi bilim sohalarini o‘zlashtirish va yangi ko‘nikmalarni egallash (texnologiyalar, dasturiy ta’minot, Internet va boshqalar); talabaning hohishiga ko‘ra istalgan vaqtda va  istalgan joyda ta’lim resurslariga ochiq kirish mumkinligi; ko‘chma o‘yin pristavkalari yordamida o‘yinli mobil ta’limni amalga oshirish; web 2.0 texnologiyalari asosida ma’lumotlarni audio-vizual taqdim etish, gipermedia versiyada o‘quv materiallarini chop etish; talabalarda axborot madaniyatini shakllantirish; interaktiv tarjimadan tezkor foydalanish va chet tilini o‘rganish; axborot va ma’lumotnomalarni tezkor taqdim etish; interaktiv so‘rovlarni tezkor o‘tkazish va ovoz berish; birgalikda telekommunikatsiya loyihalarini tashkil etish va ishtirokchilar bilan har qanday vaqtda va ularning o‘rin-joylaridan qat’i nazar fikr almashish [2].
Didaktikadagi har bir o‘qitish metodini o‘quv jarayoniga qo‘llash aniq bir fan mazmuni bilan bog‘liq bo‘lmagan holda  o‘ziga xos xususiyatlariga  va hal etiladigan didaktik masalalarga bog‘liq holda turlicha samaradorlikka ega.  Bu esa o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mobil texnologiyalar asosida amalga oshiriladigan o‘qitish metodlari tizimini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Mobil ta’lim metodlari  tizimi deganda esa biz turli xil didaktik vazifalarni hal qilish bo‘yicha bir– birini to‘ldiruvchi va yagona texnologik asosga ega bo‘lgan o‘qitish metodlari  majmuini ya’ni, mobil texnologiyalar tushunamiz. Mobil ta’lim metodlarni auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan turlarga bo‘lish mumkin. Ushbu ishda esa  pedagogika oliy ta’lim muassasalari informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishida “Veb dasturlash” fanini o‘qitish jarayonida,  ya’ni auditoriya sharoitida amaliy  mashg‘ulotlarda foydalanilgan mobil texnologiyalarga asoslangan o‘qitish metodlari haqida fikr yuritiladi., Vizual dasturlash metodi. Vizual dasturlash vositalari talabalarga ularda mavjud bilimlar asosida algoritmik ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Dasturlarni ishlab chiqishda mobil platformadan foydalanish  axborot texnologiyasi  sohasining rivojlanish tendensiyasini aks ettirganligi sababli talabalar uchun motivlovchi omil bo‘lib hisoblanadi [3]. Metodning maqsadi: algoritmik fikrlash va dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, talabalarning dasturlash asoslarini o‘rganishga motivatsiya darajasini oshirish. Metoddan foydalanish shartlari: kompyuter qurilmalarining (mobil yoki statsionar) va Internetga kirish mavjudligi. O‘qituvchi faoliyati: o‘quv topshiriqlarini (yoki ularni mobil qurilmalar uchun vizual dasturlashning xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgartirish); mustaqil ish jarayonida talabalarga turli xil yordam va maslahatlar berish, vazifalarni bajarishni tekshirish. Talabalar faoliyati: maqsadli platforma mobil qurilma bo‘lib hisoblangan vizual dasturlash muhitida amaliy ishlarni bajarish. Natijani nazorat qilish usuli va unga erishish mezonlari : mustaqil va ijodiy vazifalarni bajarish; ta’lim oluvchilarning loyihalash va ilmiy-tadqiqot faoliyatida orttirilgan malakalardan foydalanish. Mobil qidiruv metodi. Axborotlarni qidirish va ularning turli xil ko‘rinishlari bilan ishlash istalgan  zamonaviy mutaxassis egallashi lozim bo‘lgan eng muhim ko‘nikmalardan biri hisoblanadi.  Bugungi kunda butunjahon o‘rgimchak to‘riga kirish imkoniga ega mobil qurilmalarda matnli so‘rovdan tashqari, ovozli va rasmli qidiruv so‘rovlaridan foydalanish mumkinligi sababli ma’lumotlarni qidirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etmoqda. Metodni qo‘llashdan maqsad: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlashni o‘zlashtirishni, yangi o‘quv materiallarining  o‘zlashtirilishi ta’minlash. Metoddan  foydalanish shartlari: Internet resurslari va qidiruv xizmatlaridan foydalanish. O‘qituvchi faoliyati: qo‘yilgan muammolarni hal qilish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni topishni talab qiluvchi muammoli vaziyatlarni yaratish. Talabalar faoliyati: eng yaxshi qidirish usullari va xizmatlarini tanlash; muammo yoki savolning yechimini topish. Natijani nazorat qilish usuli va unga erishish mezonlari: mobil qidiruv texnologiyasini o‘rganish. Mobil loyihalashtirish metodi. Mobil qurilmalar va bulutli texnologiyalar ta’lim oluvchilarning loyihalovchilik  faoliyatini yangi darajada tashkil etish imkonini beradi, chunki ular har doim ham yangi vositalarni va qulay tashkiliy shaklni ta’minlaydi. Masalan, ko‘pchilik smartfonlar kompas, navigator, xarita, kamera  va boshqalar  vositalarga ega. O‘z navbatida, bulutli ma’lumotlarni saqlash talabalar va o‘qituvchi o‘rtasida tezkor ma’lumot almashish imkonini beradi. Bundan tashqari, mobil ilovalarni ishlab chiqish talabalarda katta qiziqish uyg‘otadi, chunki ularning ko‘lami ancha keng. Metodni qo‘llashdan maqsad: individual va guruhli loyihalash hamda tadqiqot ishlarini bajarish. Metoddan foydalanish shartlari: maqsadli platformalar sifatida mobil qurilmalarning, shuningdek talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida masofadan hamkorlik qilish mexanizmlarining mavjudligi. O‘qituvchi faoliyati: talabalarning loyiha va tadqiqot faoliyatini tashkil etish; loyiha ishining maqsadlariga erishishda talabalarga yordam berish. Talabalar faoliyati: loyiha va tadqiqot vazifalarini (indvidual va guruh ishning bir qismi sifatida) tahlil qilish. Natijani nazorat qilish usuli va unga erishish mezonlari: mobil texnologiyalar bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqishda talabalarning ishtiroki. Podkast metodi. Videokastlar va skrinkastlar metodlari talabalarga, bir tomondan, dasturiy mahsulotlar bilan individual rivojlanish darajasida tanishish, muammoli vaziyatlarda to‘xtash va orqaga qaytish,  ikkinchi tomondan, podkastlar shaklida o‘z hisobotlarini yaratish, ijodiy qobiliyatlarni namoyon yetish imkonini beradi. Podkastlardan foydalanish o‘quv jarayoniga xilma-xillikni olib kiradi va shu bilan ta’lim oluvchilarning  dars mazmunini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. Metodning maqsadi: ta’lim oluvchilarda  dasturiy mahsulotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, dasturiy ta’minot bilan ishlashdan iborat. Metodni qo‘llash shartlari: videoyozuv funksiyasiga ega mobil qurilmalarning universalligi; videotasvir va skrinkasting bo‘yicha talabalarda  ko‘nikmalar  mavjudligi; videolarni nashr etish uchun bulutli muhitdan foydalanish mumkinligi. O‘qituvchi faoliyati: podkastlar shaklida bajarish uchun vazifalarni taqsimlash; bajarilgan ish va ta’lim oluvchi harakatining to‘g‘rilanib borishini kuzatib borish. Talabalar faoliyati: vazifalarni bajarish va video yoki skrinkasting shaklida hisobot tayyorlash. Natijani nazorat qilish usuli va unga erishish mezonlari: talabalarning dasturiy mahsulotlarni o‘rganish sharoitida podkastlardan foydalanishi; dasturiy mahsulotlarni o‘rganish bilan bog‘liq uy vazifasi haqida hisobot shakllari sifatida bulutli skrinkastlar hamda videokastlardan foydalanishi. Bulutli tadqiqot metodi. Bu metodning o‘ziga xosligi shundan iboratki, talabalar auditoriyada talabalar oldida chiqish qilishi va  ma’ruza tayyorlash uchun  qandaydir o‘quv mavzusi yoki muammoli  masalani birgalikda yoki alohida o‘rganadilar. Mobil va bulutli texnologiyalar bir nechta talaba va o‘qituvchilar tomonidan bir vaqtning o‘zida tahrir qilinadigan qo‘shma elektron hujjatlar va taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Guruh ishini jamoa ichida tashkil etishda har bir talaba o‘ziga tegishli  qismni o‘rganib, kerakli materialni to‘plab, bulutli hujjatiga joylashtiradi, so‘ngra to‘plangan qismlar asosida guruhning umumiy hisoboti tuziladi. Ishlab chiqilgan bulutli materiallarga mustaqil kirish vaqti va joyi tufayli bulutli tadqiqot usuli auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi. Metodning maqsadi: qo‘yilgan ta’limiy vazifalarni hal etish uchun  ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish. Metoddan foydalanish shartlari: talabalar uchun mavjud bulutga asoslangan materiallarning va internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan hisoblash qurilmasining mavjudligi. O‘qituvchi faoliyati: bulutli hujjatlarni tayyorlash va talabalarga havolalarni tarqatish, bulutli muhitda amalga oshirish uchun o‘quv vazifalarni tayyorlash. Talabalar faoliyati: bulutli muhitda amaliy vazifani bajarish; Natijani nazorat qilish usuli va unga erishish mezonlari: ta’lim vazifalarini hal qilish jarayonida birgalikda bulutli resurslaridan faol foydalanish. Xulosa  sifatida shuni ta’kidlash mumkinki,  oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga yangi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari negizida yaratilgan elektron ta’lim resruslarini  agarda ular aniq didaktik vazifalarni yechishga yo‘naltirilgan yangi imkoniyatlarni taqdim etgan vaqtda joriy etish maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi.   Adabiyotlar.
  1. Starichenko B.E. Conceptual basics of computer didactics // Science Book Publishing House, Yelm, WA, USA. 2013.
  2. 2. Kuklev V. A. Metodologiya mobilnogo obucheniya / Ulyanovsk: UlGTU, 2006. – 254 s.
  3. 3. Kukushkina N. A., Pavluщenko I. A. Proektirovanie mobilnыx prilojeniy v srede MIT App Inventor kak sredstvo formirovaniya poznavatelnogo interesa u shkolnikov pri obuchenii programmirovaniyu [Elektronnыy resurs] URL: http://infostrategy.ru/assets/data/reports/2016/4_48_kykyshina.pdf
  4. Sattarov A. R., Khaitova N. F. Mobile learning as new forms and methods of increasing the effectiveness of education. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, Vol. 7 No. 12, 2019 ISSN 2056-5852.
  5. 5. Sattarov A. Mobil texnologiyalarni oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida qo‘llash. “O‘zMU xabarlari” 2019 ½.