Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/04/2026
Chop etish
Payshanba – Yoshlar kuni: “Pedagogik sinflar va kasbiy faoliyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
Ular tashrif davomida ARM, sport majmualari, o‘quv auditoriyalari hamda “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga kirib, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan davra suhbatida Jizzax shahridagi 6 ta umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan pedagogik sinf o‘quvchilari, universitet rektori, professor-o‘qituvchilar va mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosati doirasidagi islohotlar, ta’lim sohasidagi yangiliklar hamda pedagog kasbining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati muhokama qilinib, yakunda ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o‘tkazildi.


Ulashish:
658
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...