Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2016
Chop etish
A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi va Zomin qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji bilan hamkorligida “OTM kafedralarida filial xonalarini tashkil etish va istiqbolda hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida amaliy seminar bo’lib o’tdi

JDPI AL va KHKlar bilan ishlash bo’limi va Zomin qishloq xo’jalik  KHK o’qituvchilari va talabalar bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida “OTM kafedralarida filial xonalarini tashkil etish va istiqbolda hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirni kollej o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari ochib uchrashuvning maqsadi va kun tartibidagi masalalar borasida ma’lumot berdi.

  1. Uchrashuvda JDPI AL va KHKlar bilan ishlash bo’limi uslubchisi A.Raxmatullayev kollejda OTM kafedra filiali xonalarini tashkil etish, xonalarni jixozlash va ma’lumotlar bazasini yaratish haqida ma’lumotlar berib o’tdi. OTM kafedra filiali xonasini moddiy – texnik bazasini yaratish bo’yicha tegishli tavsiyalar berib o’tildi.

O’quv – uslubiy, ma’naviy – ma’rifiy soxada tegishli tadbirlar o’tkazish va kollej OTM o’rtasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish bo’yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar kelishib olindi. Bir qator yangi takliflar o’rtaga tashlandi. Kelgusida OTM va kollej bilan uslubiy va tashkiliy masalalarda doimiy hamkorlikni amalga oshirish borasida fikrlar bildirildi.

zominkollej

 

zom_kol


Ulashish:
1 782
Boshqa rubrikalarda mashhur

«IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida «IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» respublika tanlovining Jizzax viloyati hududiy bosqichi o‘tkazildi.
JDPU Kengashining navbatdagi majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 2-sonli majlisi avvalida ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Istibdoddan — istiqlolgacha»: qatag‘on qurbonlari xotirlandi
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida nishonlanadigan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan «Istibdoddan — istiqlolgacha» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy...