Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/06/2020
Chop etish
Onlayn konferensiya o‘tkazildi…

Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda yosh xotin-qizlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslari” Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan  ONLAYN konferensiya shunday nomlandi.

Yurtimizdagi barcha Ma’naviyat va ma’rifat markazlari xodimlari , OTM Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha  maslahatchilari, talaba yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan Konferensiyani JDPI Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov, kirish so‘zi bilan ochib berdi .

Ma’ruza uchun so‘zga chiqqanlar ushbu konferensiyaning dolzarbligi, yosh xotin-qizlarning innovatsion g‘oya va tashabbuskorligi, ularning har bir sohada o‘z mavqeiga ega ekanligi, ayniqsa xotin-qizlarning ish bilan bandlik masalalariga, shuningdek “Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirish” mavzusi doirasida OTM talaba-qizlarining kasbga yo‘naltirish, o‘zi tanlagan kasbning qadriga yetish, puxta egallash, o‘z ustida ko‘proq ishlash, pedagogik tizimni tashkil etish va kasbiy tafakkur tushunchalariga ega bo‘lish masalalari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tishdi.

 


Ulashish:
1 271
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.