Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/01/2026
Chop etish
JDPUda aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish jarayoni faol davom etmoqda.

2026-yil 15-yanvardan O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning onlayn bosqichi boshlandi. Ushbu muhim jarayonda Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etmoqda.

Universitetning Registrator ofisida asosiy shtab, shuningdek, barcha fakultetlarda alohida shtablar tashkil etildi. Shtabga biriktirilgan mas’ul xodimlar ro‘yxatdan o‘tishda yordam so‘rab murojaat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni qabul qilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15-yanvardan bugungi kunga qadar 187 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar, shuningdek, 300 ga yaqin talabalar onlayn ro‘yxatdan o‘tib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. Avvalo fuqarolar OneID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tadi, shundan so‘ng census.stat.uz portali orqali onlayn savolnomani to‘ldiradi. Onlayn ro‘yxatga olish jarayoni 31-yanvarga qadar davom etadi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni 2026-yil 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok etishga chorlaydi.


Ulashish:
2 250
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida Forish tumani hokimi ishtirokida forishlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sohib Islomov, Biznes-ombudsman Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi rahbari S. Usmanov, tuman mas’ul tashkilotlari rahbarlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda...
Talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik tashrif tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti xodimlari, profilaktika inspektori hamda talaba-yoshlar 30-sonli manzil-koloniyasiga tashrif buyurdi.
#stop_korrupsiya_JDPU
“Tengdoshdan tengdoshga korrupsiyasiz kelajak sari» aksiyasi doirasida Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari orasida #stop_korrupsiya chellenji o’tkazildi. Chellenj universitet bo’ylab davom etadi