qabul qilish bilan, balki talabalar o‘qishini ko‘chirish (perevod) hamda talabalar safidan chetlatilgan talabalarni qayta tiklash (vosstanovleniye) jarayonlari bilan ham mashg‘ul bo‘lishadi. Bugungi kunda mazkur mavzuga aloqador ko‘plab savollar yuzaga kelayotganligi sababli ushbu masalaga imkon qadar oydinlik kiritishga yordam beradigan maqolani e’tiboringizga havola qilishni lozim deb topdim.
Huquqiy asos Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan belgilanadi. Qachon? Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshiriladi. Talabalar o‘qishini ko‘chirish uzrli sabablarga ko‘ra (bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar davom etadi. Talabalar o‘qishini qayta tiklash bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi: o‘qishini kuzgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar;o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar davom etadi. Kim tomonidan? Bir OTM doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash (qayta tiklash — talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yilgacha bo‘lgan muddatda) shu OTM rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan OTM bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi: 1) oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa OTMga; 2) oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa OTMga; 3) talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat o‘tganda. Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi: 1) xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlardan O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga; 2) talabalar safidan chetlashtirilganligiga 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa; 3) bir OTM doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi OTMlarga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga (mutaxassisliklariga). O’qishni ko’chirish va qayta tiklashga oid masalalar 2-qism Qanday hollarda rad javobi berilishi mumkin? Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobini berilishiga asos bo‘ladi: – xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan OTMlarda yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga; – respublika OTMlardagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarga; – OTMlarning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; – birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan istisno); – OTMda mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa; – namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; – to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda; – talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda; – OTMga davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklash davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa; – qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda. Qancha? Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi. Qanday hujjatlar topshiriladi? O‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: – ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi); – talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari; – pasportning nusxasi. O’qishni ko’chirish va qayta tiklashga oid masalalar 3-qism Xorijiy OTM lardan o‘qishni ko‘chirish – Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda o‘zlari ta’lim olgan xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi o‘qitish tili bo‘yicha muayyan ta’lim yo‘nalishidagi o‘qishga kirish fanlari bo‘yicha maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) topshiradi. – Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi (vakolatli idoralar) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda OTMlarga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar o‘qishni ko‘chirayotganda maxsus sinov topshirmaydi. – Fuqaroning maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasi Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasidan kelib chiqib, fuqaro Idoralararo komissiya qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga ko‘chiriladi. – Ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasasida tegishli o‘qitish tili mavjud bo‘lmasa, o‘qitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi. Fanlardan farqlar bo‘lganda – Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash vaqtida o‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi. – Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy ta’lim muassasasi rektorining talabaga o‘rnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrug‘i chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar bo‘yicha farqlarni topshirish ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi. O‘qishni ko‘chirishda rozilik olish – O‘qishni ko‘chirish chog‘ida talaba ilgari ta’lim olgan OTM roziligi talab etilmaydi. – OTMda yuridik shaxs bilan tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi. – Talabani boshqa OTMga o‘qishini ko‘chirib qayta tiklashda uning ilgari ta’lim olgan OTM roziligi talab etilmaydi. Grant yoki kontrakt? – O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisligi) bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra OTMlarda tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi. Boshqa hollarda o‘qishni ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. – Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan yetimlar, I va II guruh nogironlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan shaxslar istisno tariqasida, o‘qishga davlat grantlari o‘rinlariga qayta tiklanishi mumkin. Alohida qoidalar – O‘qishdan chetlashtirilgan (kursdan qoldirilgan) o‘quv yilida kursiga talabani o‘qishga qayta tiklashga (ko‘chirib tiklashga) yo‘l qo‘yilmaydi. – O‘qishdan chetlatilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat (harbiy xizmatda bo‘lganlik, uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni parvarish qilish bilan bog‘liq mehnat ta’tili hamda sog‘liqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) bo‘lgan hollarda talabalar o‘qishini qayta tiklash oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunuvidagi vazirlik va idoralar ruxsati bilan amalga oshiriladi. O’qishni ko’chirish va qayta tiklashga oid masalalar 4-qism Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi? Bu eng ko‘p beriladigan savollardan biri. Masalan, kunduzgidan kechkiga o‘tkazsa bo‘ladimi, sirtqidan kunduzgigachi va h.k. Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko‘rib chiqamiz. – Kunduzgi ta’limdan quyidagilarga ko‘chirish ruxsat etiladi:- kunduzgi;
- sirtqi;
- kechki (smenali).
- sirtqi (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
- kechki (smenali).
- kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
- kunduzgi.
- Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
- Xalqaro fizika olimpiadasi – International Physics Olympiad (IPhO)
- Xalqaro kimyo olimpiadasi – International Chemistry Olympiad (IChO)
- Xalqaro biologiya olimpiadasi – International Biology Olympiad (IBO)
- Xalqaro informatika olimpiadasi – International Olympiad in Informatics (IOI)