Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/05/2020
Chop etish
Onlayn vebinar tashkil etildi…

“TRENDS AND INNOVATIONS IN LANGUAGE TEACHING AND LEARNING”

May 6, 2020, Jizzakh State Pedagogical Institute

Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tomonidan 6 May kuni soat 14:00 da “Trends and Innovations in Language Teaching and Learning” mavzusida onlayn vebinar tashkillashtirildi. Ushbu onlayn vebinarda Buyuk Britaniyalik, Lester Universiteti professori Jeff Stenford “The Role of Moodle Platform in Education” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida Moodle tizimining o‘rni, onlayn darsni tashkillashtirishda Moodle tizimining afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘qituvchi va talabalar Moodle tizimi bilan bog‘liq muammo va qiyinchiliklar yuzasidan savollar berishdi va Jeff Stenford barcha savollarga javob berib, o‘z tavsiyalarini berdi.

Shundan so‘ng vebinarni Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan davom ettirishdi. Jumladan, katta o‘qituvchi Jabborova Anora “Current Trends in Teaching and Learning English” mavzusida, o‘qiuvchilardan Bo‘rieva Nargiza “Videos and Storytelling in Teaching English: Four Video Techniques. Four Story Principles” , Siddiqova Durdona “Language Learning Hacks”, Eshonnqulov Shuhrat  “Public Speaking”, Mirzaakbarov Sulton “Characteristics of Different Types of Speech and Functions” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Vebinarda Respublikaning turli viloyatlaridagi OTMlar Ingliz tili fani o‘qituvchilari, Institutimiz professor-o‘qituvchilari, magistrlar,talabalar va umumta’lim maktabalari Ingliz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Ushbu Vebinar ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda olib borildi, Ingliz tilida tashkillashtirildi va munozaralarga boy boldi.

                                                                                 Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o‘qituvchisi

                                                                                                                                               Jabborova Anora

 


Ulashish:
1 115
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.