Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijod va ilhomga boy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat saroyida to‘plangan professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar haqiqiy ma’noda mushoira va adabiy raqobat kechasining guvohi bo‘lishdi.

Ularning ijodga chanqoq qalblariga ma’naviy ozuqa bag‘ishlagan ushbu tadbirga adabiyotimiz sardorlaridan Ochil Tursun, Olim Toshboyev va Shodmon Sulaymon kabi taniqli ijodkorlar mehmon sifatida tashrif buyurishdi.

Ijodiy kechani universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev ochib berdi. U Sharof Rashidov va Hamid Olimjondek buyuk arboblarni voyaga yetkazgan tabarruk zaminda ko‘rishdan mamnun ekanligini ta’kidladi.

Kechaga Ochil Tursunning “qayroq va tesha tegmagan” so‘zlar bilan bitilgan ta’sirli she’rlari o‘ziga xos ruh bag‘ishladi. Yozuvchi va jurnalist Olim Toshboyevning mazmunli nutqi ilhom bag‘ishladi. Shodmon Sulaymonning qalb qulfini ochuvchi ta’sirli misralari esa ishtirokchilarni befarq qoldirmadi.

Shoirning har bir so‘zi, har bir ohangi yuraklarga yetib bordi.

Haqiqiy ijodiy muhitni yuzaga keltirgan bu uchrashuvda talaba-yoshlar ham o‘zlari ardoqlaydigan adiblar asarlaridan parchalar o‘qib berishdi.

Tadbir yakunida mehmon ijodkorlar o‘zlarining eng sara asarlarini universitet kutubxonasiga sovg‘a qilishdi. Universitet rahbariyati esa ularga samimiy minnatdorlik ifodasi sifatida esdalik sovg‘alarni taqdim etdi.

Tadbirning mazmunli davomi sifatida universitet “Professorlar bog‘i”da ko‘chat ekish marosimi o‘tkazildi. Ijodkor mehmonlar o‘z ismlari bitilgan ko‘chatlarni o‘tqazishdi. Bu amaliy tashabbus kechaning ma’naviy qiymatini yanada yuksaltirdi.

Ko‘chat ekish marosimidan so‘ng mehmonlar universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Xususan, Axborot-resurs markaziga tashrif buyurib, kitob fondi, elektron ma’lumotlar bazasi va talabalar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan qiziqish bilan tanishishdi.

Shuningdek, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo‘lib, yurt tarixi va fojiali voqealar xotirasiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar bilan tanishib chiqishdi. Tadbir bugun soat 18:00 da talabalar turar joyida “Gulxan atrofida” kechasida davom ettirilishi belgilandi.


Ulashish:
1 150
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...