Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/11/2025
Chop etish
JDPUda “Talabalar ligasi” doirasida yengil atletika musobaqalariga start berildi.

Mazkur rejaga muvofiq, 2025-yil 1-noyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida yengil atletika bo‘yicha guruh bosqichi bellashuvlariga start berildi.

Musobaqalarda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti hamda Aniq fanlar fakulteti talabalari guruhlari o‘rtasida o‘zaro kuch sinashib, yugurish, sakrash va uloqtirish kabi yengil atletika turlarida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

 

Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, sportga qiziqishni oshirish hamda iste’dodli sportchi yoshlarni aniqlashdan iboratdir.

Musobaqalar 2025-yil 1–11-noyabr kunlari davomida universitet sport maydonlarida davom etadi. Unda barcha fakultetlar jamoalari ishtirok etib, “Talabalar ligasi”ning yengil atletika yo‘nalishida g‘oliblik uchun bahs olib boradilar. Tadbir jarayoni ko‘tarinki kayfiyatda, do‘stona muhitda o‘tkazilib, faol ishtirok etgan talabalar keyingi bosqichga tavsiya etildilar.


Ulashish:
1 434
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...