Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/10/2025
Chop etish
“Kelajak soati” rukni ostida ma’rifat darslari o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti talabalari ishtirokida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Dars “O‘zbekiston va jahon” mavzusida o‘tkazilib, unda talabalar milliytarbiya.uz platformasida joylashtirilgan kontentlar bilan tanishdilar. Darsning ikkinchi qismida esa talabalar uchun Vatanparvarlikni targ‘ib etuvchi motivatsion trening ham tashkil etildi.

Mazkur darsni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchaev olib bordi.

Ma’rifat darsi o‘zaro savol-javoblar, videokontentlar namoyishi bilan boshlandi. Ustoz talabalar bilan faol muloqotda bo‘lib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani, jahon miqyosida Yangi O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar va ularning ahamiyatini, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yuragi sifatidagi o‘rnini, mamlakatimiz Prezidenti olib borayotgan siyosatning ahamiyati haqida shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning AQSHga qilgan tarixiy tashrifi hamda yangi xalqaro aeroportning ochilishi haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.

Talabalar dars davomida berilgan savollarga faol javob berib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.


Ulashish:
1 327
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...