Uncategorized
Uncategorized
|
06/04/2020
Chop etish
Karantin paytida oyoqlarda qanday mashqlar qilish kerakligini bilasizmi?

Unda harakatlarni takrorlang!

  1. Oldimizga stul qo‘yamiz, qo‘llarimizga gantel olib, o‘ng oyog‘imizni stul ustiga qo‘yamiz. Keyin chap oyoqni polga tushiramiz. Ushbu mashqni har bir oyog‘ingizda 5 martadan takrorlang.
  2. Keyin o‘tirib-turish mashqiga o‘tamiz. Oyoqlarimizni yelka kengligida ochamiz, qo‘llarni yelkaga qo‘yib, o‘tirib-turamiz. Gavdani tik tutib, qo‘llarni oldinga uzatamiz. Keyin boshlang‘ich pozitsiyasiga qaytamiz. Shundan so‘ng mashqni 15 marta takrorlaymiz.
  3. Endi yana gantellarga qaytamiz. Ularni qo‘limizda ushlab turamiz, gavdammzni tik ushlab, o‘ng oyoq bilan oldinga katta qadam tashlaymiz. Ikki soniya shunday turgach, boshlang‘ich holatga qaytamiz. Endi chap oyoq bilan xuddi shu mashqni takrorlang. Hammasi bo‘lib, har bir oyoq uchun 5 tadan urinish kifoya.
  4. Endi eng foydali mashq! Planka! Yerga yotib, tirsaklarimizga suyanib, oyoqlarimizni to‘g‘rilaymiz va bu holatni 30 soniya davomida ushlab turamiz. Shunga alohida e’tibor qarating – tanani to‘g‘ri chiziqda ushlab turish kerak!

Ajoyib! Ushbu mashqlarni haftada bir necha marotaba takrorlasangiz, siz tez orada ijobiy o‘zgarishlarni sezasiz!


Ulashish:
1 073
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.