Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” qizg‘in pallada.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Prezidentning “Besh muhim tashabbusi” doirasida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” qizg‘in tarzda davom etmoqda.

Bugungi kunda olimpiadaning navbatdagi bosqichi — yengil atletika musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda turli fakultetlardan saralab olingan iqtidorli talabalar o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdilar.

Musobaqalar davomida talabalar belgilangan masofaga yugurish, bo‘yicha bellashdilar. Har bir ishtirokchi g‘alaba uchun kurashish barobarida sog‘lom turmush tarzini hayotga tatbiq etishda namuna ko‘rsatdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni sportga jalb etish, ularning jismoniy salomatligini mustahkamlash, jamoada ishlash va raqobatbardoshlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.


Ulashish:
1 425
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.