Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2025
Chop etish
“Mas’uliyatli ota-onalik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Kecha Tabiiy fanlar fakultetida “Mas’uliyatli ota-onalik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda universitet psixologi hamda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida ota-onalik mas’uliyati, farzand tarbiyasidagi zamonaviy yondashuvlar, oila muhitining shaxs kamolotiga ta’siri haqida fikr almashildi. Universitet psixologi oilada sog‘lom munosabatni shakllantirish, farzandning ichki dunyosini anglash va uni to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash usullari haqida tushuncha berdi.

Shuningdek, ota-onalarning farzandlar oldidagi burchi va mas’uliyati, ta’lim jarayonida ular bilan hamkorlikning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tildi. Talabalar esa o‘z navbatida ota-onalar bilan muloqotda ochiqlik va ishonchli munosabat muhimligini ta’kidladilar.

Tadbir ishtirokchilari bu kabi suhbatlar oilaviy tarbiya masalalarida jamoaviy hamkorlikni kuchaytirayotganini qayd etdilar. Suhbat yakunlanar ekan, ishtirokchilarga psixologik maslahatlar va tavsiyalar berildi.


Ulashish:
1 119
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...