Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/01/2026
Chop etish
“Global Citizenship Workshop” seminar-treningi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwoon University bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Global Citizenship Workshop” xalqaro seminar-treningi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar tomonidan global fuqarolik, yoshlar ovozi va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan majoziy mazmunga ega Qo‘shma deklaratsiya ishlab chiqildi. Ushbu hujjat yoshlarning mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasi, jamiyat va ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalovchi muhim tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Yakuniy yopilish marosimi universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A. Jabbarova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi tashabbusi va ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda seminar davomida faol qatnashgan talabalarning sa’y-harakatlari e’tirof etilib, ularga Jizzax davlat pedagogika universiteti va Kyungwoon University tomonidan berilgan qo‘shma sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur seminar-trening ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning ilmiy-amaliy va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


Ulashish:
2 831
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.