Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/02/2026
Chop etish
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.

O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik taqdimot-darslarini maxsus tuzilgan komissiyaga namoyish etdilar.

Taqdimot-darslar davomida har bir mentorga o‘z faniga muvofiq mavzu berildi va ular mazkur fan doirasida bitta zamonaviy ta’lim metodidan foydalangan holda dars o‘tishdi. Dars jarayonlari universitet tomonidan tuzilgan maxsus komissiya hamda Ravshan Jo‘rayevich tomonidan bevosita kuzatib borildi va yakunida xolis baholandi.

Darslar belgilangan bosqichlar asosida o‘tkazilib, ularda bajaruvchi o‘qituvchining familiyasi, ismi, qaysi fan o‘qitishi, ilmiy darajasi va pedagogik staji, qo‘llanilgan metod nomi, ajratilgan vaqt, guruhlar bilan ishlash tartibi hamda tarqatma materiallar mazmuniga alohida e’tibor qaratildi.

Taqdimotlar yakunida barcha mentorlarga qo‘yilgan baholar e’lon qilindi. Komissiya xulosasiga ko‘ra, mentorlarning dars o‘tish metodlari, vaqtdan samarali foydalanishi va umumiy yondashuvi ijobiy baholandi. Ta’kidlanganidek, agar mentorlar kelgusida ham shunday mazmunda va metodik jihatdan puxta darslar o‘tishsa, bu ta’lim sifati oshishiga xizmat qiladi.

Seminar yakunida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor H. Hamzayev ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mentorlarga ushbu taqdimot-darslarda qo‘llangan metod va tajribalarni kafedralardagi barcha o‘qituvchilarga yetkazish muhimligini ta’kidladi. Bu, o‘z navbatida, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.


Ulashish:
3 105
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...