Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/02/2026
Chop etish
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.

O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik taqdimot-darslarini maxsus tuzilgan komissiyaga namoyish etdilar.

Taqdimot-darslar davomida har bir mentorga o‘z faniga muvofiq mavzu berildi va ular mazkur fan doirasida bitta zamonaviy ta’lim metodidan foydalangan holda dars o‘tishdi. Dars jarayonlari universitet tomonidan tuzilgan maxsus komissiya hamda Ravshan Jo‘rayevich tomonidan bevosita kuzatib borildi va yakunida xolis baholandi.

Darslar belgilangan bosqichlar asosida o‘tkazilib, ularda bajaruvchi o‘qituvchining familiyasi, ismi, qaysi fan o‘qitishi, ilmiy darajasi va pedagogik staji, qo‘llanilgan metod nomi, ajratilgan vaqt, guruhlar bilan ishlash tartibi hamda tarqatma materiallar mazmuniga alohida e’tibor qaratildi.

Taqdimotlar yakunida barcha mentorlarga qo‘yilgan baholar e’lon qilindi. Komissiya xulosasiga ko‘ra, mentorlarning dars o‘tish metodlari, vaqtdan samarali foydalanishi va umumiy yondashuvi ijobiy baholandi. Ta’kidlanganidek, agar mentorlar kelgusida ham shunday mazmunda va metodik jihatdan puxta darslar o‘tishsa, bu ta’lim sifati oshishiga xizmat qiladi.

Seminar yakunida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor H. Hamzayev ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mentorlarga ushbu taqdimot-darslarda qo‘llangan metod va tajribalarni kafedralardagi barcha o‘qituvchilarga yetkazish muhimligini ta’kidladi. Bu, o‘z navbatida, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.


Ulashish:
2 953
Boshqa rubrikalarda mashhur

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining talabalar turar joylarida yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ishchi guruh a’zolari hamda universitet mas’ullari ishtirokida talabalar turar joylarining mavjud holati, xonalar va umumiy foydalanish joylarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, obodonlashtirish va tozalik...