Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda talabalar o‘rtasida diniy mutaassiblik va yot g‘oyalar ta’sirining oldini olish, taqiqlangan guruhlar faoliyatini nazorat qilish, kiyinish va xulq-atvor madaniyatiga rioya etilishini ta’minlash, narkojinoyatchilik profilaktikasi, ijara xonadonlardagi yashash sharoitlarini o‘rganish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kitobxonlikni rivojlantirish, intellektual va sport musobaqalarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli va samarali ishlarni tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda rektor maslahatchisi L. Fozilov, profilaktika inspektori, yoshlar va ma’naviyat bo‘limi mas’ullari, universitet psixologlari, fakultetlarning yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.


Ulashish:
3 203
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...