Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/01/2026
Chop etish
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish hamda natijalarini tahlil qilish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarni universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Shavkatovich ochib berib, uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlarining professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirishdagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Seminar ishini Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i Dusnazarov Umidjon Muminjonovich davom ettirib, test topshiriqlarini ishlab chiqish, baholash mezonlarini belgilash hamda natijalarni tahlil qilish bo‘yicha amaliy tushunchalar berdi.

Ma’lumki, universitet Kengashi qaroriga muvofiq, 2025–2026 o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab fan xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yakuniy nazorat shakllariga o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra, yakuniy nazoratlarda test topshiriqlari ulushi avvalgi semestrlarga nisbatan ancha oshiriladi.

Mazkur seminar aynan shu o‘zgarishlar munosabati bilan professor-o‘qituvchilarni yangi baholash tizimiga tayyorlash, test tuzish va baholash mezonlarini chuqur o‘rganish hamda ularni amaliyotga to‘g‘ri joriy etish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu turdagi o‘quv seminarlari professor-o‘qituvchilarning bahorgi semestrdagi yangilangan yakuniy nazorat talablariga puxta tayyor bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
3 129
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...