Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/02/2026
Chop etish
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.

Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi fond saqlovchisi bo‘lib faoliyat yuritadi. Alfiya Yunusova bugun 65 yoshni munosib tarzda qarshiladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan taqdirlash marosimida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maqsudjan Abdullayevichning tabrigi o‘qib eshittirildi. Samimiy inson, jonkuyar va ko‘p yillik fidoyi mehnati bilan jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan Alfiya Shavkatovna universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida jamoadoshlar samimiy tabrik va ezgu tilaklarini bildirdilar.


Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi nomidan Yunusova Alfiya Shavkatovnaga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va baxtli hayot tilaymiz.


Ulashish:
2 950
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...