Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/01/2020
Chop etish
Mardlar quriqlaydi Vatanni.

Jizzax davlat pedagogika instituti “Madaniyat saroyida” bo‘lib o‘tgan tantanali tadbir ana shunday nomlandi .

 

1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim qadam quyildi. Shu kuni  mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1993 yildan e’tiboran 14 yanvar -O‘zbekistonda «Vatan himoyachilari kuni» sifatida nishonlanmoqda. Zero ona Vatanni himoya qilish har bir farzand uchun muqaddas  yigitlik burchi hisoblanadi. Bu sharafli ishga butun vujud, qalb, iymon-e’tiqod bilan tayyor turish, hamisha sergak va ogoh bo‘lish, zamonaviy harbiy va texnik bilimlarni puxta egallash talab etiladi. Shu boisdan ham farzandlarimizni ajdodlardan bizga meros bo‘lib kelayetgan ezgu fazilatlar hisoblanmish mardlik, matonat va jasorat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Tantanali tadbirda so‘z olganlar  Vatanni himoya qilish El-yurt tinchligini asrash, halkimizning buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mustaqil O‘zbekistonning halkaro hamjamiyat saflardagi o‘rni va nufuzini oshirish, har qaysi davlatning chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarurligini ta’kidlab o‘tishdi.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aytish joizki bu kabi bayram tadbirlari yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi, milliy armiyamiz saflarida o‘z burchlarini o‘tash ishtiyoqini yanada kuchaytirishi shubha siz.Zero obod va ozod yurtning qadrini bilmaydigan va uni himoya qila olmaydigan millat hech qachon ravnaq topmaydi .

Tadbir so‘ngida institut badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan  kuy qo‘shiqlar va harbiylar hayoti bilan bog‘liq turli qiziqarli  sahnaviy ko‘rinishlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

                                                     Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati .

 


Ulashish:
1 188
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.