Uncategorized
Uncategorized
|
27/04/2025
Chop etish
«Tadqiqot ishlarida sun’iy intellektdan foydalanish, hujjatlarni rasmiylashtirishning texnik-amaliy jihatlari» mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.
SPIKER: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tangirov Xurram Ergashevich.

Keyingi o‘n yillikda sun’iy intellekt bilan bog‘liq texnologiyalar shiddatli rivojlanib, tobora murakkablashib va eng mushkul masalalarga ham qulay va oson yechim topadigan darajada mukammallashib bormoqda. Bugungi kunda sun’iy intellekt hayotimizning, ayniqsa, sanoat, yuk tashish, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi turli sohalarida tobora keng qo‘llanilmoqda.

Sun’iy intellekt yadro sohasiga taalluqli ilm-fan, texnologiya va va amaliyotni rivojlantirishda ham xuddi shunday qulayliklar tug‘dirishi mumkin. Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan yadro sohasida foydalanish, o‘z navbatida, iqlim o‘zgarishidan toki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashgacha bo‘lgan hozirgi davrning eng dolzarb global muammolari yechimiga ulkan hissa qo‘shishi tayin.Seminarda ana shu dolzarb mavzu muhokama etildi.


Ulashish:
575
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.