Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
25/06/2019
Chop etish
Talabalar 528 ta kitob bilan taqdirlanishdi

         Joriy yilning 24 iyun kuni Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi hamda o‘quv yili yakuni doirasida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Yoshlar bilan ishlash prorektori Mansur Sarimsakov ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, Jizzax davlat pedagogika institutida  yoshlar ma’naviyati yuksaltirish borasida o‘quv yili yakuniga qadar 250 dan ortiq turli xildagi ma’naviy ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. O‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan “Tafakkur sinovlari”respublika ko‘rik tanlovi, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”Vatanni himoya qilish har bir insonning burchi””Jaxolatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?”, “Odam savdosi – davr muammosi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus  ta’limi vazirligining 2019 yil 10 apreldagi 327-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi plakat” va “Eng yaxshi maqola”“Yagonasan, muqaddas Vatan!” “Mening o‘nta sevimli kitobim”“Biz OITS ga-qarshimiz” mavzusida o‘tkazilgan maqola va insholar tanlovi g‘oliblari 528 dona kitob bilan taqdirlandilar.

Tadbirda institut sobiq bitiruvchisi, hozirgi kunda “Navo” telekanalida faoliyat yuritayotgan Begzod Jo‘raev ijrosida musiqali chiqishlar va qo‘shiqlar tinglandi.

Tadbir tafsilotlari bo‘yicha mehmonlar fikrlari bilan tanishdik:

Vivianna Marsel : (AQShlik mutaxassis)- “Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, institut rahbariyati 528 ta kitob bilan  yil yakunlari bo‘yicha talabalarni taqdirlashi bu hozirgi kunning eng maqbul va to‘g‘ri qarorirdir. Prezidentingiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni ona vatanga mehr-muxabbat sadoqat ruhida tarbiyalashning zamonaviy yangicha bosqichidir. Bu tashabbus hali ko‘plab iste’dodli yoshlarni dunyoga tanitishiga mening hech qanday shubham yo‘q”.

Mansur Sarimsaqov: Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti prorektori- “Men Toshkenda tug‘ilib, voyaga yetganman. Bir ikkita viloyatda kam muddat bo‘lganman. Jizzaxda yoshlarga yaratilgan sharoitlar poytaxtdan qolishmasligi o‘z ko‘zim bilan ko‘rib guvoh bo‘ldim. Bugun tadbirda talabalarga 528 ta kitob turli nominatsiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha topshirildi. Bu kamdan kam sodir bo‘ladigan buyuk hodisadir”.


Ulashish:
1 179
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.