Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

E’lon!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab, davlat OTMlariga bakalavriatga o‘qishga kirish uchun abiturientlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar. Shuningdek, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etishi uchun EKIH yarim baravari (101 ming 365 so‘m ) miqdorida to‘lov undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi. Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan quyidagi uchta fan kiritiladi: 👉 ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili); 👉 matematika; 👉 O‘zbekiston tarixi. Ikkinchi bo‘limga abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.