Uncategorized
Uncategorized
|
19/04/2019
Chop etish
ARM  yangiliklari

  Joriy yilning 18 aprel kuni Jizzax viloyatining yoshlar shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning  2019 yil 19 martdagi  “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusi”dan kelib chiqqan holda “Kelajak-yuksak ma’naviyatli yoshlar qo‘lida!” shiori ostida yoshlar bayram sayli o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi 5 ta muhim tashabbusidan biri –  “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan” tadbirlar doirasida “Yangi avlod adabiyotlar” ko‘rgazmasi bilan  ishtirok etdi.

          Tadbirda axborot- resurs markazining barcha bo‘limlari o‘z fondidagi yangi adabiyotlar, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar, elektron darsliklar bilan ko‘rgazmali chiqish qildilar.


Ulashish:
1 397
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.