Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
12/04/2019
Chop etish
«Mehribonim qaydasan» dramasining spektakl namoyishi bo`lib o`tmoqda

Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yil 19 martdagi o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida yoshlarimizga bo`lgan e`tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san`at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish,

yurtimizyoshlari o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg`u berildi.
Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma`naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o`zi ko`rsatib turibdi.
Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma`lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo`lga qo`yish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Ushbu tashabbusning birinchi yo`nalishi yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa yo`nalishi bo`yicha Institut madaniyat saroyida 11 apreldan 27 aprelgacha “Iste’dod” talaba teatr-studiyasi tomonidan Normurod Norqobilovning»Tungi mexmon» hikoyasi asosida «Mehribonim qaydasan» dramasining saxna kòrinishi asosida spektakl namoyishi bo`lib o`tmoqda.


Ulashish:
1 976
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.