Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/01/2019
Chop etish
Samarqandga ziyorat

Institut faxriylar va jamoatchilik kengashi a’zolari, professor o‘qituvchilaridan iborat institut jamoasi   qadim va navqiron Samarqand viloyatidagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi

         8 yanvar kuni institut kasaba uyushmasining tashabbusi bilan  institut faxriylar va jamoatchilik kengashi a’zolari, professor o‘qituvchilari dan iborat institut jamoasi   qadim va navqiron Samarqand viloyatidagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdan boshladi deb habar qiladir Jizzax dalat pedagogika instituti matbuot xizmati.

         Ziyoratchilar dastlab Samarqand viloyati Chelak tumanidagi  Xartang qishlog‘idagi buyuk muhaddis, islom olamining yirik vakili Xo‘ja Ismoil Buxoriy qabrini ziyorat qilishdan boshlab, u yerda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, alloma qoldirgan ma’naviy me’roslar bilan yaqindan tanishib, buyuk alloma haqiga kuron tilovat qilishdi.  So‘ngra ziyoratchilar Samarqanda shahrida birinchi prezidentimiz mangu orom olgan   Xazrati Xizr  yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, davlat va jamoat arbobi, buyuk siyosatchi Islom Karimov ruhi poklarini yod etdilar. Shundan so‘ng,  ziyoratchilar Samarqand shahridagi Shohi Zinda, Bibi Xonim, Go‘ri Amir, Registon tarixiy me’moriy yodgorliklar majmualarida bo‘lishib, buyuk avlod va ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan osori atiqalar, sharq halqlari tamadduni rivojiga  munosib xissa qo‘shga Samarqandning tarixi, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.


Ulashish:
1 246
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.