E’lonlar
E’lonlar
|
22/12/2023
Chop etish
Diqqat e’lon!

Vengriya hukumati o‘zining “Stipendium Hugaricum” ta’lim grantlari dasturi doirasida ushbu mamlakat OTMlarida o‘qish uchun 2024/2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston yoshlariga 170 ta o‘rinli ta’lim grantini e’lon qiladi.

Ushbu kvota turli ta’lim sohalari va ta’lim bosqichlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

– bakalavriat uchun har yili ko‘pi bilan 20 ta stipendiya ajratiladi;

– magistratura bosqichi uchun 60 ta stipendiya ajratiladi;

– bakalavriat bilan bo‘linmas bir bosqichli magistratura (besh/olti yillik uzluksiz oliy ta’lim – “OTM – one-tier master”) mutaxassisliklari uchun har yili ko‘pi bilan 10 ta (o‘n) stipendiya ajratiladi;

– istalgan soha bo‘yicha to‘liq doktorantura PhD dasturlari uchun 60 ta stipendiya ajratiladi;

– Jismoniy tarbiya universiteti (Vengriyada) tomonidan taklif etiladigan aynan sport sohasidagi ta’lim dasturlarida o‘qish uchun ko‘pi bilan 20 ta (yigirma) stipendiya ajratiladi.

Hujjatlar onlayn tartibda 2024-yil 15-yanvar soat 14:00 qadar qabul qilinadi.

Shuningdek, muhandislik-texnika, tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiya, kimyo, geologiya, fizika, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, energetika, muqobil energiya manbalari va boshqa shu kabi yo‘nalishlarga hujjat topshirganlarga ustuvorlik beriladi.

Batafsil ma’lumot – https://stipendiumhungaricum.hu/

“Arizalar qabuli to‘g‘risida e’lon” (“Call for Applications” – hujjatlarni topshirish tartibi) bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz. Stipendium Hungaricum – https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ saytida keltirilgan.

Barcha hujjatlarni onlayn shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Tempus Public Foundation” (Vengriya tomonidan ushbu stipendiya dasturining muvofiqlashtiruvchisi) ko‘rsatgan platformaga yuborish kifoya

Xalqaro hamkorlik bo‘limi!

Tel: +998912090766


Ulashish:
1 022
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.