Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
10/10/2018
Chop etish
To`lov-kontrakt shartlarini bajarish muddati uzaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yil 5 oktyabrdagi 11-sonli bayoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018/2019 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddatini joriy yilning 15 noyabriga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Shuningdek, mazkur bayon bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar, abituriyentlar va ularning ota-onalarining koʻp sonli murojaatlarini inobatga olib respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga 2018/2019 oʻquv yilida toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddati 2018 yilning 31 oktyabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.


Ulashish:
1 823
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.