Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/08/2023
Chop etish
 «Abiturientlarning ota-onalarining ijtimoiy kayfiyati»ni o‘rganishish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMga kirish test sinovlari boshlandi. Test sinovlarining ilk kunida Jizzax davlat pedagogika universiteti faol yoshlari Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida bo‘lib,  farzandlarini qo‘llab quvvatlash uchun kelgan ota-onalarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazishdi.

Universitetning iqtidorli talabalari tomnidan tayrlangan musiqiy dasturlar, kuylangan kuy va qo‘shiqlar farzandlariga ruhiy dalda berish uchun kelgan ota-onalarning kayfiyatini ko‘tardi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Universitet ma’muriyati tomonidan 2023/2024-o’quv yili uchun qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini fikrlari, mavjud muammo va takliflarini o‘rganishish maqsadida tashkil etilgan so‘rovnomalarda asosan “ Oliy ta’lim professor-o‘qituvchilarini salohiyatli deb bilasizmi?», «Farzandingiz nima uchun aynan shu oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirdi?», «Test topshirish jarayonida ota-onalarga yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtiradimi?», «Bu yil nechanchi farzandingiz test sinovlarida ishtirok etmoqda?», «farzandingiz o‘qishga kirishi uchun davlat tomonidan qanday imtiyozlar berilishini xohlaysiz?»,«Sizningcha ayni paytda korrupsion yo‘l bilan OTMlarga kirish mumkinmi?» mavzulari qamrab olingan edi.

Abiturientlarning Ota-onalari uchun maxsus tashkil etilgan  ushbu ijtimoiy so‘rovnomalar test sinovlarining so‘nggi kunigacha o‘tkaziladi.


Ulashish:
967
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.