2023/2024-o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom Karimov va Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari tanlovi e’lon qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovida barcha yo’nalishlardagi 3-bosqichni tugatgan bakalavriat hamda 1-bosqichni tugatgan magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.
Islom Karimov va Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari tanlovida 2 va 3-bosqichni tugatgan bakalavriat talabalari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar quydagilarga muvofiq bo’lishi lozim:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanloviga:
Barcha fanlarni o’zlashtirish darajasi a’lo (5 baho) bo’lishi shart;
Islom Karimov va Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari tanloviga:
Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” (ko‘pi bilan 25 foizi “yaxshi”) bo‘lishi kerak
Tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi quydagi hujjatlarni jildlagan holda iqtidor.jdpu.uz platformasi orqali joriy yilning 17-iyulidan 25-iyuliga qadar qabul qilinadi.
Nomzodning sinov daftarchasidan ko’chirma,
Tegishli fakultet dekani yoki kafedra mudirining tavsiyanomasi,
Ilmiy rahbar tavsiyanomasi,
Ilmiy tadqiqot ishlari,
Boshqa yutuqlari.
