Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

STEAM texnologiyalarining bugungi kundagi ahamiyati va afzalliklari.

“To‘gri tashkil etilgan ta’lim bolani rivojlanish sari yetaklaydi”
  1. S. Vigotskiy
Annatatsiya: Mazkur maqolada STEAM texnalogiyalarining bugungi kundagi ahamiyati,uning imkoniyatlari va yutuqlari, ta’lim tizimidagi afzalliklari MTT larida rivojlantiruvchi markazlar faoliyati haqida fikr-muloxazalar  yuritilgan bo‘lib, ushbu maqoladan talabalar, erkin va mustaqil izlanuvchilar, pedagoglar foydalanishi mumkin. Kalit so‘zlari: STEAM texnalogiyalari, ta’lim sifati, qobiliyat, xorijiy tarbiya, intergratsiya, fan, texnalogiya, muhandislik, san’at, matematika, rivojlantiruchi markaz, integratsiya. STEAM- hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan innovatsion metodlardan biri hisoblanib, ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas, balki integratsiya[1]lashgan holda umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib o‘rgatiladi. Bizning dunyomizni texnalogiyasiz tasavvur etishning iloji yo‘q. Bundan keyin ham texnalogik rivojlanish davom etadi va STEAM ko‘nikmalari bu-rivojlanishning asosi bo‘lib hisoblanadi. STEAM bolalarni ilhomlantiradi. Bolalar kashfiyotchilar va olimlar sifatida tadqiqotlar olib borishadi, texnalogiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida ijod qilishadi, matematiklar kabi fikrlashadi va albatta bolalar zavqlanib o‘ynashadi. STEAM fanlarining ommalashayotganini va samaradorligini hisobga olgan holda Prezidentimiz tashabbusi bilan prezident maktablarida STEAM fanlari darslik sifatida so‘tila boshladi. STEAM-bolalarning intelektual qobiliyatlarini ilmiy va texnalogik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U bolalarning aniq tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlanishiga qaratilgan o‘quv dasturiga asoslanadi. STEAM- ta’lim texnalogiyasi quyidagicha ma’no kasb etadi.S- Science (Fan), T- Technology (texnalogiya), E- Engineering  (Muhandislik), A-Art (San’at), M –Mathematics (Matematika). Biz yaxshi bilamizki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar faoliyati rivojlantiruvchi markazlarda tashkil etiladi.Bu markazlar quyidagilar:
  • Til va nutq;
  • Ilm fan va tabiat;
  • San’at;
  • Qurish-yasash va konstruksiyalash;
  • Sujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish makazi;
Rivojlantiruvchi markazlar bolalar faoliyati mazmunini samarali  tashkil etish uchun xizmat qiladi. Rivojlantiruvchi markazlar STEAM integratsiyalagan sohalarni o‘zida aks ettiradi. Misol uchun ilm-fan va tabiat markazi-S- Science (Fan) bilan, san’at va sujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish makazi- A-Art (San’at) bilan, qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi-E- Engineering  (Muhandislik) va M –Mathematics (Matematika) bilan hamohang. STEAM –ta’limining 10 ta afzallik tomoni bor.
  • Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “ mavzu” lar bo‘yicha integratsiyalab olib borish.STEAM –ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib, uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotga va matematikaga integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog‘liq kasblarga bo‘lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi.
  • Ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash.STEAM – ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida, bolalarga ilmiy-texnik bilimlaridan real hayotda foydalanish namoyish qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar zamonaviy industriya modellarini ishlab chiqadi, quradi va modelni rivojlantiradi.
  • Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish. STEAM–dasturi, bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yengishda zarur bo‘ladigan tanqidiy tafakkur va muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, bolalar tez yuradigan mashina modelini yig‘adilar, so‘ngra uni sinovdan o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan so‘ng, kutilgan natijaga erishilmasa uning sabablari haqida o‘ylaydilar va topadilar. Balkim, g‘ildiraklarining kattaligi yoki aerodinamikasi to‘g‘ri kelmagandir. Har bir sinovdan so‘ng ular kamchiliklarni bartaraf etib boradilar.
  • O‘z kuchiga ishonish hissining ortishi.Bolalar ko‘prik qurish, mashina va samolyot modelini ishga tushirishda har safar maqsadiga yaqinlasha boradilar. Har bir sinovdan so‘ng modelni takomillashtiradilar. Oxirida barcha muammolarni o‘z kuchlari bilan engib maqsadiga erishadilar.Bu bolalar uchun ruhlanish, g‘alaba va quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan so‘ng ular o‘z kuchlariga yanada ishonadilar.
  • Faol kommunikatsiya va komandada ishlash.STEAM –dasturi faol kommunikatsiya va komandada ishlash bilan farqlanadi. Muloqat davrida o‘z fikrini bayon qilish va bahs- munozara olib borish uchun erkin muhit vujudga keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot o‘tkazishga o‘rganadilar. Bolalar doimo o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqatda bo‘ladilar. Bolalar jarayonda faol qatnashsalar, mashg‘ulotni yaxshi eslab qoladilar .
  • Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish.Boshlang‘ich ta’limda STEAM –ta’limning vazifasi,o‘quvchilarni tabiiy va texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. Bajaradigan ishini sevib bajarish, qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.STEAM – mashg‘ulotlari juda dinamik va qiziqarli bo‘lganligidan bolalar mashg‘ulot paytida zerikmaydilar va vaqtning qanday o‘tganligini sezmay qoladilar.
  • Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv.STEAM –ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol(vazifa), muhokama, dizayn, qurish, sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish. Bu bosqichlar tizimli loyihalash yondashuvining asosi hisoblanadi.
  • Ta’lim va karera orasidagi ko‘prikTurli xil baholashlarga ko‘ra hozirgi kunda talabgor eng ko‘p bo‘lgan 10 mutaxassisdan 9 tasida aynan STEAM bilimlari zarur bo‘ladi. Bunday kasblarga : muhandis –kimyogar; neft bo‘yicha muhandislar; kompyuter tizimlari analitiklari; muhandis –mexaniklar; muhandis–quruvchilar; robototexniklar; yadro meditsinasi kiradi.
  • Bolalarni texnologik innovatsion hayotga tayyorlash.STEAM –ta’limi bolalarni texnologik rivojlangan dunyoda yashashga tayyorlaydi. Keyingi 60 yil davomida texnologiyalar jadal darajada rivojlandi.
  • STEAM maktab dasturlariga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. STEAM mashg‘ulotlarini tashkil etish, o‘quvchilarga yo‘nalishlar berish, seminarlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir, chunki mamlakatimizning yuksalishi uchun ta’limning sifat samaradorligini yanada oshirish uchun eskicha an’anaviy metodlardan voz kechib, darslarni xalqaro metodlardan foydalanib tashkil etish muhimdir. Ta’limdagi yuksalish uchun avvalo bugungi xalqaro standart talablariga javob bera oladigan dasturlardan, zamonaviy dizayn va mazmunga ega darsliklardan foydalanishimiz kerak. O‘z o‘rnida esa ushbu darsliklarda berilgan mavzularni o‘quvchilarga o‘rgatishda bevosita integratsiyalashdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bolalarni STEAMga jalb qilish, ushbu ta’lim maktabgacha yoshdan boshlab boshlanishi kerak, shuning uchun dasturlarni bolalar boğchasiga kiritish zarur.STEAM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik ,qund, qiziquvchanlik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat- muammoni hal qilish qobiliyati shakllanadi . «STEAM fikrlash» bolalikdan boshlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki , STEAM- tabiiy fanlar ,texnologiyalar, muhandislik, san’at va matematika fanlarini uyg‘unlikda o‘qitish uslubidir. STEAM texnalogiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o‘zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. Bolalar o‘zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi. Bu esa STEAM texnalogiyalarining bugungi kunda yosh avlod uchun juda ham katta o‘rni borligini ko‘rsatadi. STEAM texnologiyalarining bugungi kunda ommalashayotganini va samaradorligini, ta’limdagi afzalliklarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonlarida STEAM texnologiyalari qo‘llash tavsiya qilinadi.                       Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati. 1.Sh.M.Mirziyoyev 2018-yil 5-sentabrdagi «2018- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g’risidagi» gi PQ – 3931 – son Qarori.
  1. R.A.Mavlonova , N.H.Raxmonqulova , K.O.Matanazarova , M.K.Shirinov , S.Hafizov «Umumiy pedagogika» . «Fan va texnalogiya» nashriyoti T:2018.
  2. O‘tkir Tolipov , Dilnoz Ro‘zieva «Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat » » Toshkent innavatsiya – Ziyo » T: 2019.
4.Z. Ashurova » Maktabgacha ta’limda STEAM texnalogiyasidan foydalanish  » Metodik qo‘llanma . Buxoro:2020.
  1. Z. M. Ashurova » Maktabgacha ta’limda STEM texnalogiyasining ahamiyati «. T:1:1 (2022)
6.Bultakova R. STEAM tehnologiyalari maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘lida. Журнал «МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ», № 6/5 – 2022 жыл.   Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi:                                         Bultakova Roziya Xasan qizi [1] Integratsiyalash – lotincha «integer» – umumiylik, «integera» – umumiylikni to’ldirish, yaratish, tiklash