Uncategorized
Uncategorized
|
10/05/2018
Chop etish
Davlat Test Markazi vakillari tomonidan 2018-2019 o`quv yili uchun o`tkaziladigan test jarayoniga tayyorgarlik ko`rish maqsadida o`quv seminari tashkil etildi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son “Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish” to`g`risida”gi qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga o`qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli amalga oshirish uchun Respublika hududlarida 2018 yil 30 apreldan 15 maygacha test sinovlarida guruh nazoratchilari sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan pedagog xodimlar uchun seminar mashg`ulotlari bo`lib o`tmoqda, jumladan Jizzax Davlat Pedagogika Institutida ham Jizzax viloyatidan  test sinovlarida guruh nazoratchilari sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan pedagog xodimlar uchun seminar mashg`ulotlari 2-3-4 may kunlari bo`lib o`tdi. Seminar  mashg`ulotlarini DTM markazi vakili Q. Yusupov, DTM ning Jizzax viloyati bo`limi boshlig`i I. Hotamov, DTM ning Jizzax viloyati bo`limi bosh mutaxassisi A. Raxmatullayev olib borishdi.

Seminarda DTM vakillari tomonidan seminar qatnashchilariga slaydlar va ko`rgazmali qurollar orqali to`liq ma`lumotlar berildi, seminar ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


Ulashish:
7 419
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.