Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2022
Chop etish
Jizzax davlat pedgogika universiteti o‘qituvchilari «Innovations in PRESETT» seminarida ishtirok etishdi.

Britaniya Kengashi tomonidan Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universitetida «Innovations in PRESETT» mavzusida yangi loyiha seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu seminardan koʻzlangan asosiy maqsad Ingliz tilini oʻqitishda oʻquv dasturlariga yangi innovatsion modullarni kiritish, isloh qilish va tilni oʻqitishda, baholashda samaradorlikka erishish etib belgilandi. Seminar Buyuk Britaniyaning «Global Assessment» tashkilotining xalqaro eksperti Viktoriya Klark tomonidan olib borildi. Viktoriya Klark PRESETT dasturidagi modul «Language Testing and Assessment» modulini qaytadan isloh qilishning ahamiyati, dolzarbligi boʻyicha yangi loyiha ishlab chiqilishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi va ushbu loyihaga respublikadagi 18 ta OTMlar vakillari  kiritildi. Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi ham ushbu loyiha aʼzosi sifatida ishtirok etdi va seminar davomida kelgusi rejalar, loyiha bosqichlari muhokama etildi.


Ulashish:
840
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.