“Do‘stlik uyi”da tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha Jizzax shahrining Do‘stlik uyida O‘zbekiston Respublikasining barcha rus madaniyat markazlari raislarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad markazlar vakillarining o‘zaro tajriba almashinuvidir.Delegatsiyani Jizzax viloyati hokimligi vakillari va RMMning (rus madaniyat markazi)viloyat bo‘limi boshqaruvi a’zolari kutib olishdi.
Mehmonlar Sharof Rashidov muzeyiga tashrif buyurib, uning poyiga gul qo‘yishdi. “Do‘stlik” uyida bo‘lib o‘tgan tadbirda markaz faollari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti “Rus tili va adabiyoti” fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv mazmunli va samarali o‘tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar iliq va samimiy qabul uchun ushbu tadbirning barcha ishtirokchilari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib, yoshlarga o‘qishlarida yanada muvaffaqiyatlar, shahar obodligi va farovonlik tilashdi.
Yelena Navruzova, Jizzax davlat pedagogika universiteti “Rus tili va adabiyoti” fakulteti talabasi