Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/08/2022
Chop etish
JDPU talabalarni kutib olishga tayyormi?

Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ana shu haqda so‘z bordi.

Tadbirda barcha fakultetlar  dekan o‘rinbosarlari Bo‘lim boshliqlari, TTJ tarbiyachilari va barcha fakultetlar t’yutorlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida Jizzax davlat pedagogika universiteti yangi – 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, talabalarni kutib olish va ularni talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rish lozimligini ta’kidlab,  bugun raqamlashtirish tufayli barcha sohlaarda ochiqlik va shaffoflikka eirishilayotgani, yangi o‘quv yilidan boshlab TTJ ga joylashtirish tizimi to‘liq raqamlashtirilib amaliyotga joriy etilganini aytib o‘tdi. Quvonarlisi shuki endi talabalar turar joy uchun hujjatlarni onlayn tartibda, uydan chiqmagan holatda interaktiv.jdpu.uz havolasi orqali topishlari mumkin.


Uchrashuv davomida t’yutorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan talabalar balansi, talabalar turar joyi va ijara xonodonlariga ehtiyoji bor talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar,  birinchi kurs maktabi tadbirlarini samarali o‘tkazish xususida ham suhbatlashildi. Yig‘ilishda shuningdek universtietning Kompleans nazorat bo‘limi rahbari A. Umrzoqov ham so‘zga chiqib korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik noxush holatlarning oldini olish, xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik haqida tavsiyalar berib o‘tdi.


Ulashish:
901
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.