E’lonlar
E’lonlar
|
20/08/2022
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti  ichida mos va turdosh yo’nalishlarga o’qishini ko’chirmoqchi bo‘lgan talabalar diqqatiga.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 19-avgustdan 25-avgustgacha universitet  ichida mos va turdosh yo’nalishlarga o’qishini ko’chirmoqchi bo‘lgan talabalarning arizalari offline qabul qilinadi.

Arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-279-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyun “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida NIZOMGA asosan ichki komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar beriladi.

 

Talabalardan quyidagi hujjatlarni qabul qilinadi:

Ariza (joyida to’ldiradi)

Pasport nusxasi

Transkript

Ariza topshirmoqchi bo‘lgan talabalar  115-xonada yozma ravishda murojaat qilishlari mumkin.


Ulashish:
4 933
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.