Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2017
Chop etish
Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakultetida “OITS ga qarshi kurashish va uning profilaktikasi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati

Yig‘ilishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Akchaev kirish so‘zi bilan ochdi. Xurmatli davra suhbati ishtirokchilari sizlar bilan bugungi yig‘ilishimizdan maqsad  bugungi kunda xalkaro miqyosda vaboga qiyoslangan eng xavfli kasallik hisoblangan SPID xaqida, unga qarshi kurashish, oldini olish munosabati bilan bugungi tadbir tashkil etildi. XXI asr sari yuzlanayotgan jaxon ahlini eng tashvishga solayotgan narsa bu SPID kasalligidir. Dunyoda eng katta tashkilotlardan biri bo‘lgan BMT sammitida SPID masalasi muhokama qilingani bejiz emas. Bugungi yig‘ilishimizda sizlarga bu xavfli kasallikning kelib chiqishi asoratlari xaqida tushuncha berib o‘tmoqchimiz.Shu munosabat bilan JDPI iqtidorli talabalari tadbirimizga tashrif buyurgan. Tadbirimizda faol qatnashishingizni so‘raymiz.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrach mutaxassisi, O‘zbekiston vrachlar asossasiyasi Jizzax viloyat bo‘limi raisi M.Sodiqov ma’ruza qildi. U talabalarga SPID – kasalligi  to‘g‘risida uning kelib chiqishi,  zararli oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. SPID markazi kasalikka yo‘liqqan bemorlarni xayotini qisman uzaytirishga va davolash borasida ishlar olib borayotgani, yer sharida 40 mln. ga yaqin kishi SPID bilan kasallangani, Shuningdek SPID kasalligini yuqtirish yo‘llari uning oldini olish choralari to‘g‘risida tushunchalar berdi.

SPID kasalligi turlaridan VICh -1 virusi eng xavflisi xisoblanadi. SPID kasalligi 3 xil yul bilan tarkalishi kuzatilgan:

1). Jinsiy yul bilan. 2). Parientrial (trovmada kon orkali, kon kuyishda shpris orkali) yul bilan. 3). Vertikal (xomila paytida kasallik onadan xomilaga utishi) yuli bilan.

Respublikamizda ushbu kasallik eng ko‘p giyoxvandlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda qayd qilingan bo‘lib, bu kasallik ularda bir-birlariga shpris orqali tarkalgandir.

Giyoxvandlik taxdidi kuchayib borayotgan xozirgi davrda, shuningdek chet ellarga chikish va xorijlik mexmonlarning kelishlari uchun imkoniyatning kupayishi xam bu kabi kasalliklarning kupayishiga olib kelmokda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi Salomatlik instituti Jizzax filiali “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va o‘rgatish bo‘limi” vrachlari bilan doimiy muloqatda bo‘lib o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan javoblar olishlari mumkinligi xaqida gapirib o‘tdi. Shuningdek u talabalarga sog‘lom turmush tarzi, “Muloqot” madaniyati xaqida  o‘z fikrlarini bildirdi.U o‘z so‘zini “O‘zbek go‘zali” xaqidagi mazmunli talaba qizlarimizga tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan she’r bilan  yakunladi.

Tadbir so‘ngida mavzuga oid videoroliklar, savol-javoblar, giyoxvandlik, OITSning salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.


Ulashish:
1 217
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...