Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/10/2017
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti videokonferensiya zalida “Yoshlarning huquqiy va siyosiy faolligini oshirishda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning o‘rni” mavzusida  ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i F.Qo‘shnazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Eng avvalo, biz ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsadni bilib olishimiz zarur. Maqsad, siz aziz yoshlarning siyosiy faolligingizni oshirish, partiya tizimiga yosh yetakchilarni jalb etish, istiqbolli yosh kadrlar zahirasini shakllantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Mamlakatimiz  har bir sohada kundan-kun yuksalib bormoqda. Yangidan yangi ixtirolar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Zamon bilan hamnafas bo‘lishda eng birinchi navbatda inson o‘z haq-huquqini chuqur anglashi zarur deb o‘ylayman. Hozirda yurtimizda yoshlarga juda ko‘plab imkoniyatlar eshigi ochilgan. Bugungi tadbir ham siz uchun va sizning kelajakdagi rejalaringiz uchun bir yo‘nalish bo‘ladi degan umiddaman deb so‘zini yakunladi.

Institut ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i F.Qo‘shnazarov kirish so‘zidan so‘ng,

institut Yoshlar ittifoqi yetakchisi S.Abduqodirov partiya haqida o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi. Ushbu partiya juda ko‘plab amaliy ishlar bilan aholi ayniqsa, yoshlar ishonchini qozonishga, bunda tashabbuskor kuch sifatida namoyon bo‘lishga harakat qilmoqda va asosiy e’tiborni yoshlar ichiga chuqurroq kirib borish, ularning qiziqishlari, manfaatlarini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlarini aniq yo‘naltirilgan dasturlar asosida tashkil etishga qaratilganligi barchamizga ma’lum. Sizlarni ham O‘zbekistondagi mavjud to‘rtta partiyaning maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishib, yo‘nalishingizga mos keladigan partiya a’zosi bo‘lishingizga da’vat etmoqchiman. Bu faqatgina siz va sizning kelajakdagi maqsadlaringiz uchun poydevor bo‘ladi degan fikrni aytib o‘tmoqchiman deya so‘zini yakunladi.

O‘zLiDep Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri O.Norjigitov, “Yoshlarning huquqiy va siyosiy faolligini oshirishda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” ning maqsad va vazifalari haqida tushuntirib o‘tdi. O.Norjigitov o‘z nutqida quyidagilarga to‘xtaldi. Jumladan, yangilik yaratishga chanqoq, el-yurt ravnaqi va Vatan manfaati uchun fidoiy bo‘lgan, zamon ruhini teran ilg‘ayotgan ishbilarmon – tadbirkor yoshlarni, malakali yosh mutahassislarni o‘z atrofida joylashtirish, yoshlarni partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini hayotga tadbiq etishga yo‘naltirilishi; Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish; Yoshlarning intellektual salohiyatini to‘liq nomoyon etishiga ko‘maklashish; Yoshlarni jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan  chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish “Yoshlarning huquqiy va siyosiy faolligini oshirishda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning maqsad va vazifalaridan iborat ekanligini aytib o‘tdi. Shuning barobarida, partiyalar orasida O‘zLiDepning hozirgi kundagi faoliyati yuqori nufuzga ega ekanligini ta’kidlab so‘zini yakunladi.

Tadbir davomida “Yoshlarning huquqiy va siyosiy faolligini oshirishda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” mavzusiga doir slayd-taqdimoti namoyish etildi. So‘ngra, O‘zLiDep Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri O.Norjigitov talabalarni partiya a’zoligiga qabul qilish shart-sharoitlari, imkoniyatlari va vazifalari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, talabalar bilan ma’ruzachi mutaxassislar o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va tadbirni O‘zLiDep Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri O.Norjigitov yakunladi.


Ulashish:
1 257
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...