Savollar
Savollar
|
13/06/2022
Chop etish
Talabgor-dissertant ilmiy kengashga qanday hujjatlarni topshirishi kerak?

Javob: Ilmiy kengash yoki dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan Bir martalik ilmiy kengash tuzish bo‘yicha yoki izlanuvchi tomonidan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga taqdim etiladigan hujjatlar

RO‘YXATI

  1. Dissertatsiya bajarilgan muassasaning dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yoki Bir martalik ilmiy kengash tuzish haqidagi murojaati.
  2. Izlanuvchi to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnoma va uning elektron shakli yozilgan SD-disk.
  3. Izlanuvchining oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g‘risidagi diplomi nusxasi.
  4. Fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja diplomining nusxasi (fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgor uchun).
  5. Malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor uchun).
  6. Dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi.
  7. Dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlar xulosalari (agar mavjud bo‘lsa).
  8. Izlanuvchining dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlari ro‘yxati, asosiy ilmiy ishlari nusxalari.
  9. Ilmiy rahbar (maslahatchi)ning taqrizi.
  10. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgor uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja dissertatsiyasi avtoreferati.
  11. Hammualliflikdagi ilmiy ishlarni dissertatsiyaga to‘la yoki qisman kiritish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligi.
  12. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati.

 

ASOS:  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31 maydagi 239/3-son qaroriga, Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA.


Ulashish:
4 507
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.