Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/05/2022
Chop etish
“TILNI O‘QITISH VA O‘RGANISHDA XXI ASR KO‘NIKMALARI – III XALQARO ANJUMAN”

Jizzax davlat pedagogika institutida 2022 yil 20 May kuni Chet tillar fakulteti Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi tomonidan  “Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalari” mavzusida  III xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.   Konferensiyada Amerika Qo‘shma Shtatlaridan, Buyuk Britaniyadan, Turkiyadan  va Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalaridan jumladan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat chet tilllari instituti, O`zbekiston Milliy Universiteti, O`zbekiston davlat Jahon tillari universiteti, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash instituti, Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat institutidan sohaning yetuk olimlari, professorlar, pedagog-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar ishtirok etishdi.

Konferensiya ishini Jizzax davlat pedagogika instituti Oquv ishlari prorektori B.To`xtamishev ochib berdi. B.To`xtamishev o`z nutqida har bir tilning millat taraqqiyotida tutgan o`rni, o`zbek tilining huquqiy maqomi, chet tillarini chuqur oʼrganish oʼquvchi-yoshlarning zamonaviy bilimga ega boʼlishi va professional koʼnikmalarni egallashining asosiy omili va sharti ekanligi, Jizzax davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorlik aloqalari, kelgusidagi rejalar va istiqbollar haqida to`xtalib o`tdi.

Shundan so‘ng mavzu yuzasidan Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti dekani f.f.d. professor A.Mamatov, Buyuk Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professorlari G.Mahkamova, A.Mamadaliyev, Samarqand davlat chet tilllari instituti professori G`.Mirsanov, Britaniya Portsmud Universiteti professori Dr.Lin Zheng, Turkiyaning Nejmiddin Erbakan universiteti professori Dr.Tuba Yilmaz, Amerika Qo‘shma Shtatlari George Washington universiteti tadqiqotchisi Furqat Sharipov, Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat institute dotsenti DSc F.Ikromxonova Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash institute dotsenti PhD M.Ruzmetovalar ma’ruza qildilar.

Konferensiya ishi 4 sho‘bada ko‘rib chiqildi:

  1. Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va madaniyatlararo muloqot masalalari
  2. XXI asrda chet tilini o‘qitish metodikasi
  3. Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalari
  4. Chet tilini o‘rganishning pedagogik va psixologik asoslari

Konferensiya so‘nggida taqdim etilgan materiallar asosida XXI asrda tilni o‘qitish va o‘rganishning ko‘nikmalari, metodlari va psixologik asoslarini o‘rganish asosida yo`l xaritasi ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.


Ulashish:
1 098
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.