Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/05/2022
Chop etish
 YOMG‘IR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR …

1.Portugaliyada ishga chiqmaslik uchun yomg‘ir uzrli sababdir.

  1. Para shahrida odamlar yomg‘irga qarab soatlarini to‘g‘rilashadi, chunki u yerda yomg‘ir har kuni bir vaqtda yog‘adi.
  2. Darts o‘yini yomg‘ir sababli paydo bo‘ldi. Bir paytlar kamonchilar musobaqa davomida yomg‘irda qolib ketishdi. Kamonchilar pivo xonaga borib, kichik nayzalarni devorda osiq turgan nishonga qarab otishni boshlashdi.
  3. Haqiqatdan ham yomg‘irning hidi yo‘q. Yomg‘irning xushbo‘y hidi deb biladigan hidni aslida aktino- va sianobakteriyalar ishlab chiqaradi. Yomg‘irga hid beradigan modda geosmin deb ataladi.
  4. Uganda axolisini momaqaldiroq bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi. Chunki ularda momoqaldiroqli yomg‘ir yiliga 250 marta yog‘adi.
  5. Radio bo‘yicha ob-havo bashoratini berilishiga yomg‘ir sababchi bo‘lgan. Amerikalik radiostansiya rahbari yomg‘irda qolib ketganidan so‘ng, yomg‘ir haqida sutkasiga bir necha bor ma’lumot beradigan ob-havo rubrikasini joriy qilgan.
  6. Qurg‘oq Bostsvanada insonlar bir birlari bilan pula deb salomlashishadi, uning ma’nosi «yomg‘ir” ni anglatadi, undan tashqari ushbu davlatning pul birligi ham «yomg‘ir” deb ataladi.

 

  1. Kubada yomg‘ir faqat siesta (tushlikdan keyingi vaqt) paytida yog‘adi, Tailandda esa faqatgina tunda.
  2. XVII asrda Buyuk Britaniyada shunday qonun qabul qilinganki, noto‘g‘ri yomg‘irni bashorat qilgan sinoptik qatl qilinar edi.
  3. Odamzod yomg‘irning tagida quppa-quruq qolishi mumkin, agarda u cho‘lda bo‘lsa. Aslida cho‘lda yomg‘ir yog‘adi, lekin yomg‘ir haqida bila olmaysiz, chunki issiq xavo tufayli yomg‘ir tomchilari bug‘lanib yergacha yetib kelmaydi.
  4. Barcha gidrometsetr iboralari aniq ma’noga ega. Misol uchun, «qisqa muddatlik yomg‘ir”deyilganda, yomg‘ir 3 soatdan ko‘p yog‘maydi degani. «Yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda” iborasi, yomg‘irning yarim sutkadan kam yog‘masligini anglatadi. «Ko‘p miqdorsiz yog‘ingarchiliklar” degani, yomg‘ir umuman yog‘maydi degani emas, bu degani har bir kvadrat metrga 0,3litrdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yomg‘ir yog‘adi degani.

 

  1. Cherapundji (Hindiston) dunyodagi eng yomg‘irlik shahardir. Yiliga 26 460 mm yomg‘ir yog‘adi.
  2. Oddiy yomg‘irning kislotaligi — rN 5,6. Agar kislotalik darajasi pasayib ketsa, kislotali yomg‘ir deyiladi. rN 5,5 yomg‘ir darajasida bakteriyalar o‘ladi, 4,5 darajada esa hashoratlar, qumursqalar va baliqlar o‘ladi.
  3. Ogayo shtatining Uaynsberg shahrida yuz yillar mobaynida har yili 29 iyul kuni yomg‘ir yog‘adi.
  4. Bugungi kunda sun’iy yomg‘ir tashkil qilsa bo‘ladi. Samolyotdan quruq yaxning bo‘laklarini bulutlarga tashlasa yomg‘irga aylanadi. Bulutlarda uglekislota suv bilan aralashib qor shaklida tushadi, tushgunigacha qor parchalari issib yomg‘irga aylanadi. Shunday qilib qurg‘oqchilikka qarshi qurashsa yoki bulutlarni tarqatsa bo‘ladi.

 

  1. Yiligi yerga 519 000 km³ yomg‘ir yog‘adi. (Har km³ bu milliard tonna suv degani).
  2. Taxminan yuz milliondan bitta odamda yomg‘irga allergiyasi bo‘ladi. Har qanaqa suvning badanga tegishiqizarishga, shishishga olib keladi.Agarda yomg‘ir tagida qolsa bunday insonlar vafot etishlari ham hech gap emas.
  3. San-Fransiskodagi meteostansiya yog‘ingarchilikni extimoli kattaligiga qarab e’lon qilinadi. Misol uchun 4/6. Oddiygina 10 nafar maxalliy meteorologlar yomg‘ir yog‘adimi yo‘qmi deb ovoz berishi natijasi orqali «qiyosiy” xolda hammaga e’lon qilinadi.
  4. Eng og‘ir do‘l Gopalgandj shahrida 14.04.1986 yili yog‘gan. Bitta do‘lning og‘irligi 1kg ortiq bo‘lib, bunday «yomg‘ircha” dastidan 92 ta inson vafot etgan.
  5. Dunyoning eng yog‘ingarchilik nuqtalarida, qishda suv yetishmovchiliklari bo‘lar ekan. Yomg‘ir fasllaridan keyin shunday qurg‘oqchilik kelar ekanki, xatto aholilar suvni boshqa shaharlardan sotib olisharkan.
    (Internet manbalari asosida tayyorlandi )

Ulashish:
2 593
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rahbariyati talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati, prorektorlar hamda tegishli bo‘lim boshliqlari Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, yotoqxonalardagi mavjud sharoitlar va talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Shanba — uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida an’anaviy tarzda har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Talabalar jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti...