Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/05/2022
Chop etish
Turnir “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlandi

Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida  9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida  sport musobaqlari  bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi.

Xotira turnirini institutning  Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida marhum ustozlar xotirasi hamisha qalblarda mangu qolishini ta’kidladi. Shuningdek bugungi ochiq xotira turnirida ishtirok etayotgan sportchilarga omad tiladi.

Shundan so‘ng Jismoniy madaniyat fakultetida ko‘p yillar faoliyat olib borgan faxriy ustozlarga institut kasab uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan sovg‘alar topshirildi.

Sportning kurash, yengil atletika, tosh ko‘tarish, arqon tortish, stol tennisi turlari  bo‘yicha tashkil etilgan turnirda barcha talabalar ishtirok etdi.

 

Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Ulashish:
914
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.