Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/12/2021
Chop etish
«XORIJIY TILLAR BOʻYICHA YIL NOMINATSIYASI – 2021»

Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligining Jizzax viloyati hududiy vakilligi, 2021 yil, 24 dekabr

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligining Jizzax viloyati hududiy vakilligi tomonidan 2021 yil 24 dekabr kuni «Xorijiy tillar boʻyicha yil nominatsiyasi» tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir 2021-yil yakuni hisobiga bagʼishlangan boʻlib, unda OTMlar xorijiy til kafedra mudirlari, Xalq taʼlimi maktab direktorlari, xorijiy til metodistlari va oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligining Jizzax viloyati hududiy vakilligi  boshlig`i O.Jumanov, JDPI O`quv ishlari bo`yicha prorektori B.To`xtamishev  kirish so`zlari bilan ochib berishdi. Tadbir davomida oʻqituvchilarga hamda oʻquvchilarga Xorijiy tillarni oʻrganishning tutgan oʻrni haqida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi vakili Madaminbek Abdullaev «Cambridge tests: TKT», JDPI Chet tillar fakulteti Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri Jabborova Anora «Xorijiy til, uning yoshlar hayoti va kelajagidagi o‘rni, chet tillarni o‘qitishda samarali texnologiyalar va vositalarni qo‘llash imkoniyatlari» mavzusida  taqdimotlar qilishdi. Ushbu tadbirda  maktab oʻquvchilari ham ishtirok etib, xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirishganini oʻzlarining sheʼr, qoʻshiqlari bilan koʻrsatib berishdi.

 

Tadbir soʻngida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishga oʻz xissasini qoʻshib kelayotgan prorektorlar kafedra  mudirlari, XTB  metodistlari hamda til oʻqituvchilari, bilimdon bolajonlar turli nominatsiyalar bo`yicha  tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.


Ulashish:
1 832
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...