E’lonlar
E’lonlar
|
13/12/2021
Chop etish
Diqqat E’lon!!!

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Pokistondagi COMSATS universiteti Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar fuqarolari uchun mazkur tashkilotning Ta’lim almashinuvi dasturi doirasida 100 ta stipendiya ajratishni rejalashtirgan.
Ushbu stipendiyalar 2022-yil baxorgi semester uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi veb-sahifa orqali 2021-yil 15-dekabr kuniga qadar online ariza topshirish mumkin:
http://ww3comsats.edu.pk/internationalstudents
Nomzodlar stipendiya tanlovi talablariga muvofiq go’lib sifatida tanlab olinadi.
COMSATS universiteti ta’lim yo‘nalishlari bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin: http://ww3.comsats.edu.pk/internationalstudents/Allprograms.aspx
Stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot www.comsats.edu.pk havolasida mavjud. Stipendiyalar tanloviga oliy ta’lim muassasalari vakillari qiziqish bildirsa, vazirlik ularning ishtirok etishiga e’tiroz bildirmaydi.
Ushbu stipendiyalarda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Xalqaro hamkorlik bo’limiga murojat qilishlari mumkun.
Tel 91 209 07 66


Ulashish:
1 324
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.