Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/03/2022
Chop etish
Ayollar va yoshlar masalasi bosh masala

Ayollar va yoshlar masalasi bosh masala

Xabarinrgiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida  26 fevral kuni xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda oliy ta’lim muassasalarida o‘qiydigan boquvchisi yo‘q ayollar va muhtoj qizlarga yengillik yaratish masalasida ham so‘z bordi.

Oliy ma’lumotli bo‘lishni istagan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinayapti.  Ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning shartnoma to‘lovi hokimlik va oliy o‘quv yurti hisobidan qoplab beriladi. Jizzax davlat pedagogika instituti  Yoshlar masalalari ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut xotin-qizlar kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ana shular haqida so‘z bordi. Bu tadbirda fakultet xotin qizlar masalalari bo‘yicha kengash raislari, faol xotin qizlar ishtirok etishdi.  Yoshlar masalalari ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1 chi prorektor  S.Nazarqosimov ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot samimiy ruhda o‘tkazildi.

 


Ulashish:
951
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.