Uncategorized
Uncategorized
|
18/11/2021
Chop etish
Talaba qizlarning “Jizzax 2021”  liboslar kolleksiyasi namoyish etildi

Shahrimizdagi Innovatsiya markazida «Jizzax 2021 » Jizzax davlat pedagogika institutining Fizika va texnologik ta’lim fakulteti Tasviriy sa’nat  yo‘nalishi talaba- qizlarining ijodiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Jonli musiqa sadolari ostida namoyish etilgan turli mavzudagi liboslar turkumi ishtirokchilarni go‘yo ertaklar olamiga sayohatga chorladi. Yorqin ranglar, did bilan yaratilgan liboslar barchaning e’tiborini tortdi. Ayniqsa, zamonaviy uslub bilan uyg‘unlashtirilgan milli liboslarimiz kolleksiyasi barchani hayratga soldi. E’tiborli jihati, talabani baholashning bu usuli talaba uchun ham, ishitrokchilar uchun ham qiziq, bu kabi ko‘rgazmalar talabalarni ruhlantirib, g‘ayrioddiy va yangi dizayndagi liboslarni yaratishga turtki beradi. Ko‘rgazmada ishtirok etgan talabalar asosan liboslardagi matolarga, ranglariga,  aksessuarlariga  alohida e’tibor qaratishgan. Tadbir yakunida eng yaxshi deb loyiq topilgan liboslar mualliflariga esdalik sovg‘alar va diplomlar topshirildi.

 

 

 

 


Ulashish:
1 192
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.