Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
02/02/2017
Chop etish
ARM yangiliklari.

Joriy yilning 2 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazida Tasviriy san’at va mehnat ta’limi fakulteti hamkorligida  O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning buyuk siymosini xotirlash hamda “O‘zbekiston  mustaqilligining 25 yilligi” nomli albomning taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Mazkur tadbirda institut axborot- resurs markazi xodimlari, Tasviriy san’at va mehnat ta’limi fakulteti professor- o‘qituvchilari, AL va KHKlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari  qatnashdilar.

7

            Tadbirni institut Akademik litsey va kasb- hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Rahmatullaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning buyuk siymosini xotirlash maqsadida”Milliy mustaqilligimiz asoschisi” mavzusidagi  videolavha namoyish etildi.

            Shundan so‘ng, Tarix fakulteti ma’naviyat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Jo‘raev

“ O‘zbekistonning buyuk me’mori” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida “Mamlakatimizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi va uni har tomonlama mustahkamlashi, atigi chorak asr davomida olamshumul yutuqlarni qo‘lga kiritishida mustaqil o‘zbek davlatining asoschisi ,  O‘zbekiston Respublikasining birinchi  Prezidenti I. Karimovning alohida o‘rni bor”- deya ta’kidladi.

8

            ARM xodimasi S. Isroilova O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston  mustaqilligining 25 yilligi” nomli albomning mazmun-mohiyatini ochib berdi.

9

“ E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur albom O‘zbekistonimizning mustaqillik davrida bosib o‘tgan 25 yillik shonli yo‘li. Yurtimizda bu davrda amalga oshirilgan va oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar asrlarga teng taraqqiyot bosqichlari haqida hikoya qiladi. Undan o‘rin olgan  hikoya va fotosur’atlar mamlakatimizning tarixan qisqa vaqt ichida murakkab sinov va qiyinchiliklardan o‘tib, yangi hayot, yangi jamiyat bunyod etishda erishayotgan yuksak yutuq va marralarining haqiqiy ifodasidir”. So‘ngra   ARM bo‘lim boshlig‘i S. Darvisheva “ Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasini sharhlab berdi.


Ulashish:
1 669
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...