Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/10/2021
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida “Tyutorlik faoliyati joriy etilishi maqsadi va yo‘nalishlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Institutning  Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan seminar -trening institut majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Tyutor — talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, institut, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashuvchi inson bo‘lib, u yigit-qizlarni kasbga yo‘naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish bilan shug‘ullanadi.

Tyutorlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar trening institut rektori Sh.S.Sharipov  tyutor aslida  kim degan savolga javob berish bilan bir qatorda uning faoliyati vazifalari haqida ham tushuncha berib o‘tdi.

Nizomga ko‘ra, tyutorlarning asosiy maqsadi — ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

 

Tashkil etilgan  seminarda shuningdek  Tyutorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari, institutda korrupsiyaga qarshi kurashda va korrupsion holatlarning oldini olishda tyutorlar va talabalarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, tyutorlarining etika qoidalari, estetik did bilan talabalarni tarbiyalashdagi o‘rni mavzularida malakali professor o‘qituvchilar va mutaxassislar tomonidan  ham ma’ruzalar o‘qildi. O‘ziga xos muhokamalarga boy tarzda o‘tkazilgan seminar trening yakunida “Tyutor lavozim vazifalari, jumladan HIMES platformasi bilan ishlash tartibi, “Tyutorlar faoliyatida talabalar bilan psixologik tashxis ishlarini tashkil etish”, “Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy, diniy sohadagi bilimlarini mustahkamlash masalas”,  “Tyutorlik lavozimini tashkil etish tartibi va faoliyat yo‘nalishlari”     mavzularida  atroflicha tushunchalar berib o‘tildi.


Ulashish:
1 010
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.